55-mashq.
Kichraytirish shakllarining qo‘llanilishiga e’tibor bering.
1. Yigitcha, tushmaysizmi? – dedi kimdir orqadan. (O‘. Umarbekov)
2. Kundoshlarning eng kichigi – bu dargoh
ga tushganiga besh oygina
bo‘lgan kelinchak – ganjiravonlik Unsinoy chilim solib tutdi. (Abdulla
Qahhor) 3. O‘yinga mashg‘ul bo‘lib o‘tirgan olti-yetti yashar qizaloq soy
yoqalab kelayotgan kishiga ko‘zi tushib, shodon qiyqiradi: – Dadajon!
Dadajon! (Erkin A’zam) 4. Iya, biz uning bobosi tengi bo‘lsak, bu tirran-
cha qizaloq ermak qilyaptimi? (Said Ahmad) 5. Mayli, kelib o‘tirsin –
mana hovli, mana joy! Lekin manovi yetimchalaringni sudrab men qay
go‘rga boray, ayt?! (Erkin A’zam)
Do'stlaringiz bilan baham: |