56
1. Kelasi zamonning badiiy uslubga xoslangan shakllari bormi?
2. Hozirgi zamon qo‘shimchasi
-yap
ko‘proq qaysi uslubda qo‘llana-
di?
3. Poetik nutqda – badiiy uslubda ko‘p qo‘llanib, tantanavorlik,
ko‘tarinkilik bo‘yog‘ini namoyon qiladigan zamon qo‘shimchalarini
ayting.
4. Ilmiy uslubda hozirgi-kelasi zamon shaklining qaysi shakli qo‘l-
lanadi?
5. Qaysi zamon shakllari aniq zamonni emas, umuman, zamonni,
odatiylikni bildirish uchun ham ishlatiladi?
63-mashq.
Matnni o‘qing. Zamon shakllarining qo‘llanishiga e’tibor
bering. Zamon ma’nosi ko‘chgan o‘rinlarni aniqlab, ularni
muvofiq shakllar bilan almashtiring. Ma’nodagi farqlanish-
ni tushuntiring.
Hov ana, bir qaldirg‘och to‘g‘riga qarab o‘qdek otilib bo
radir,
uchgan yo‘lida vijir-vijir sayrab ham qo‘yadir. Qal
dirg‘ochning qay-
g‘usi yo‘q, suyganining oldiga tezroq yetish uchun shoshadirgandir:
sayrog‘i ham suyganining ko‘rish shodligi uchundir... Men ham shu
qaldirg‘ochdek uning sari otilib, vijir-vijir sayrab uchar edim... Bu
oshish
lar, bu kechishlar o‘zga vaqtlarda Otabek uchun huzur va oshi-
qish bag‘ishlagan bo‘lsalar, bu gal uni nafratlantiradirlar, bormay qay-
tish fikri halidan-hali ko‘ngliga kelib turadir. Uzoqda qo‘sh haydab
yurgan yigitning ashulasi eshitiladir: «Ikki yorni ajratuvchi bu falakning
gardishi!» Ruhlik, kuchlik ko‘krakdan chiqgan bu ashula tevarakni zir-r
ettirib yuborgandek, Otabekka ham boshqacha bir ta’sir beradir. Go‘yo
bu dehqon uning istiqbolidan hikoya qilgandek bo‘ladir. Bu bayt deh-
qonning og‘zidan yana takrorlanib, tag‘in tevarakni yangiratadir. Endi
Otabekning ko‘nglidan bir gap ham o‘tib ketadir: «Ikki yorni ajratqu-
chi bu falakning gardishi emas, ota-onaning orzusi!» O‘zining sirlik
ma’nosiga Otabekning istiqbolini olib ko‘ringan bu bayt, nihoyat, uni
yig‘latadir. Ko‘z yoshlari yuzi orqali egarining qoshiga va otining
yoliga toma boshlaydir. (Abdulla Qodiriy)
Do'stlaringiz bilan baham: |