«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»
SHAXS-SON QO‘SHIMCHALARI
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
10 sinf ona tili darslik
57
SHAXS-SON QO‘SHIMCHALARI USLUBIYATI Topshiriq. Berilgan gaplardagi shaxs-son shakllarini qaysi shaxs-son ma’nosida qo‘llanganligiga diqqat qiling. 1. Borib so‘rasang, o‘shqirib beradi. Qo‘rqasan odam... (Cho‘lpon) 2. O‘zicha bir balolarni javraydimi-yey! Qochib ketging keladi. (Erkin A’zam) 3. Xo‘p, dedik-ku, opovsi, bitta gapdan qolsak o‘libmizmi... (Sh. Boshbekov) 4. A’lo she’r! – dedim. – Shunaqa. Bo‘sh vaqt- da yozamiz, – dedi u. (Sh. Xolmirzayev) 5. – Oxiridan kelavering, O‘rmonboy, bu yog‘ini bilamiz! – deydi Soli baqiroq betoqatlik bi- lan. (Erkin A’zam) 6. O‘libmizmi, akaxon, bizam tushunamiz, ishingiz nozik, ha. (Tohir Malik) Fe’lning shaxs-son qo‘shimchalari harakatning bajaruvchi shaxsini va bu shaxslarning miqdorini ko‘rsatadi. Ammo bu qo‘shimchalar- ning qo‘llanishida bir qator uslubiy holatlar mavjud, bu holatlarda muayyan uslubiy ma’nolar, ma’no nozikliklari yuzaga keladi. Xususan, so‘zlashuv, badiiy va publitsistik uslublarda birinchi shaxsning ko‘plik shakli shu shaxsning birligini ifodalash uchun qo‘llanadi, bunda kamtarlik yoki manmanlik, kinoya-kesatiq kabi uslubiy ma’nolarni ifodalaydi. Masalan: Mana keldik, – dedi u ichki bir hayajon bilan. (Tohir Malik) Jahongir «Hozir ko‘ramiz» deb, boshqaruv stoliga qaytdi. (Tohir Malik) Bu maqolni biz ham bilamiz, – dedi Shoto‘ra. (Sh. Xolmirzayev) Ikkinchi shaxsning birligi va ko‘pligini ifodalovchi -san va -siz qo‘shimchalarining qo‘llanishidagi uslubiy holat shundan iboratki, -siz hurmat ifodalashga, ya’ni «sizlash»ga ham ixtisoslashgan, -san esa «senlash»ga ixtisoslashgan. Masalan: Mansur aka, mana, siz ham, harqalay, uncha-muncha narsani ko‘rgansiz. (Sh. Xolmirzayev) Otingni qamchila, bo‘lmasa, quruq qolasan! (Said Ahmad) Nutqda hurmatni va hurmatsizlikni yanada kuchliroq ifoda- lash zaruriyati tug‘ilganda, -siz va -san qo‘shimchalariga -lar ko‘plik qo‘shimchasi ham qo‘shiladi. Masalan: Voy, bo‘ylaringiz- 58 ga tasadduq. Xush kelibsizlar. (Said Ahmad) Nima, hammang mum tishlaganmisanlar, nega javob bermaysanlar? (O‘. Umarbe- kov) Shuningdek, buyruq-istak maylidagi -ing qo‘shim chasi ham hurmat ma’nosini ifodalaydi, ayni paytda ko‘pchilikni «sizlash» ma’nosida -inglar, ko‘pchilikni «senlash» ma’nosida esa -laring qo‘shimchasi ishlatiladi. Masalan: Sizlar ketave ringlar, orqalaring- dan yetib boraman! (Abdulla Qahhor) Bu bolaga yetti yot begona edilaring-ku! Amaldor bo‘lgandan keyin g‘imirlab qoldila ringmi? Qani, jo‘nalaring! (Said Ahmad) Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling