65-mashq. Uslubiy maqsadlarda qo‘llangan shaxs-son va mayl shakl-
larini uslubiy betaraf shakllar bilan almashtiring va ma’nodagi
o‘zgarishlarni ayting. Nega so‘zlovchi atay shunday shakllardan
foydalanadi?
1. Endi yangi kanizaklari bor. Bunisiga ruxsat bersalar. Yoshi o‘tmay turib,
bir joyga bersak... (Cho‘lpon) 2. Endi, ijozat etsalar, bir-ikki so‘raydurgon
gapimiz ham bor. – So‘rang, ota. (Tohir Malik) 3. Nazm tuz, Erkin, axir,
Erkin zamondir bu zamon. (E. Vohidov) 4. Shunaqa ham uxlaydimi odam
degan? Tur, aylanay, bolam. (Cho‘lpon) 5. Iya, salomat bo‘lsinlar, ikkovi
bitta odam-ku! – Yo‘g‘-ey! – Ha, Saltikov-Shchedrin deganday gap-da!
(Tog‘ay Murod) 6. Assalomu alaykum, taqsir! Xush kelibsiz. (Cho‘lpon)
7. Xush ko‘rdik! Sizlarga ming-ming rahmat, O‘rmonjon! – dedi Botir