64-mashq.
Shaxs-son va mayl shakllarining uslubiy jihatlariga e’ti-
bor bering. So‘zlovchining nutq tuzishdan maqsadini
tushuntiring.
1. Menga holiroq joy bering, keyin o‘sha odamni sekin chaqirasiz.
(Tohir Malik) 2. Chiroyli joylar ko‘p,
qarab to‘ymaysan kishi. (O‘. Umar-
bekov) 3. Shahardagi kattadan kichik erta-yu kech quloq-miyamni yeydirki,
hoy, marg‘ilonlik keliningiz keldilarmi? (Abdulla Qodiriy) 4. Ishga borib
kutasan o‘sha narsani, uyga kelib kutasan – behuda. Goho boshingni
devorga urging keladi – shoyad biror yangilik ro‘y bersa!.. (Erkin A’zam)
5. U bilan do‘st bo‘lishni ham, bo‘lmaslikni ham bilmay gangib yurasan.
Niyoz xuddi shu toifadan. (Tohir Malik) 6. Shunaqa narsa bilan hazil
qiladimi? (O‘. Hoshimov)
Do'stlaringiz bilan baham: |