«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
10 sinf ona tili darslik
51
57-mashq. Erkalash shakllarining ijobiy yoki salbiy bahoda namoyon bo‘layotganini aniqlang. 1. Ha, endi, buvingnikiga ko‘chib ketadigan bo‘lsak, uyni tashlab ketamizmi, orqalab opketamiz-da, o‘g‘iltoy! (Sh. Boshbekov) 2. Gird-atro- fini tomoshapechak qurshagan, qo‘g‘ir choqdek yasatig‘liq ayvonchasida bu dunyoning g‘am-u g‘urbatlaridan yiroq, mangu navqiron opaxonimiz desakmikan, onaxonimiz desakmikan (garchi buvimiz tengi bo‘lsa-da!), kaftlarini juftlashtirgancha, barmoqlarini qisirlatib muqom bilan o‘yin tushmoqda. (Erkin A’zam) 3. Onaxonimiz ta’rifga sig‘maydigan ayol edilar, shuncha odam bekorga kelgani yo‘q! (Erkin A’zam) 4. Opa- xon, xo‘jayiningiz u yoqda gullab qo‘yibdilar: shu ustun tagida xazina bormish. (Tohir Malik) 5. Sen shunaqa mo‘mintoyliging bilan ham- mani yengib kelgansan. Bu qiliq menga o‘tmaydi, bilib qo‘y. (Tohir Malik) 6. Yo‘q, unday demang. Bir aqlli, bir mo‘mintoy bola bo‘libdi Yodgormurodingiz. (Murod Mansur) 7. Yigitcha ning shu «xon» degan qo‘shimchasida «mening Zebinisam» degan ma’nodagi bir maqtanish, bir g‘urur ohangi bor edi. (Cho‘lpon) 58-mashq. Berilgan gaplardagi so‘zlarda subyektiv baho qo‘shimchalari ifodalayotgan ma’nolarni izohlang. 1. Aylanayin oqchamdan, Lablari qaymoqchamdan, Bay-bay ekan ko‘ylakchasi, Ko‘ylakchasi-mo‘ylakchasi, Chiqa qolsin mo‘ylabchasi. («Bo- lalar folklori») 2. Hamma «kattakonning kuchugi» deb atay boshlagan bu maxluq, aslida, jimitdekkina laycha yo jo‘n-jaydari ko‘ppak emas, naqd yo‘lbarsdek keladigan bir balo! (Erkin A’zam) 3. O‘zingiz uyga kirib andakkina damingizni olsangiz-chi, aylanay! Yo‘ldan kelgan odam! (Erkin A’zam) 4. O‘zlari shiringina taom pishirib yeb, kechqurun boyga g‘ozi yo‘q, suyuq osh tayyorlab qo‘yishar ekanlar. (Oybek) 5. Tentakki- nam Hamroalini topib kelib, issiq-sovug‘idan xabar olib tu ringlar. (Said Ahmad) 6. Samolyot uchishiga to‘rt soat qolganda, Aziztoyning hujjatiga pechat yumshoqqina qilib bosildi. (Xurshid Do‘stmuhammad) 7. Lay- lak dedim-ku, jinni voy, – deb ohista egilib, o‘g‘lining yuzidan o‘pdi. (O‘. Ho shimov) 8. Birpasda darcha-darvozalardan chiqib kelgan yet- ti-sakkiz bolakay Habibullani o‘rab olishdi. (Sh. Xolmirzayev) 9. Chol turib, ko‘ziga yosh oldi: – Afv et, bo‘talog‘im! (Sh. Xolmirzayev) |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling