51-mashq.
Berilgan gaplardagi kelishik qo‘shimchalarini ko‘makchilar
bilan almashtirib ko‘ring, ma’nosini izohlang. Ma’nodagi
o‘zgarishlarga e’tibor bering.
1. Qo‘lida stakan, piyola ushlagan bemorlar suv ichgani buloq tomon-
ga ketishyapti. (Said Ahmad) 2. Bu qutilarda bir kun oldin telefonda
berilgan buyurtmaga binoan, qora, qizil ikra, yangi so‘yilgan qo‘y go‘shti,
qog‘oz bankada qaymoq, apelsin, hind choyi, ko‘k choy va qazi kabi
noyob yemishliklar bor. (Said Ahmad) 3. Gulnor Nurining o‘z oilasidagi
voqealardan, bilgan-eshitganlaridan so‘zladi. (Oybek) 4. Yorug‘ tushmay-
digan, tashqaridan tiq etgan tovush kelmaydigan yakka zimiston xonada
yotganimda xuddi shu otga o‘xshab ko‘rgan-kechirganlarimni eslab o‘tirar-
dim. (Said Ahmad) 5. Ular ham meni Hind sari chorlaydirlar, mamlakatni
obod qilishni, ilm-u ma’rifatni yuksaltirishni o‘ylaydilar. (P. Qodirov)
6. Bog‘dan chiqish uchun bir necha odim yurgach, ishkom ichida poyaga
suyanib turgan qizga ko‘zi tushdi, uyalganidan bir zumda qizarib-bo‘zarib
ketdi, ketmoniga tikilib qadamini tezlatdi. (Oybek) 7. Agar u guldastani
xotiniga deb olganda odamlar
unga ajabsinib emas, havas bilan qarar
edi. (Ahmad A’zam)
Do'stlaringiz bilan baham: |