«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
10 sinf ona tili darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-topshiriq.
-gina, -kina, -qina
qo‘shimchalari egalik shakllaridan oldin yoki keyin kelganda, qanday uslubiy ma’nolarni namoyon etadi? 59-mashq. So‘zlarga -gina, -kina, -qina, -xon, -jon, -boy, -bek, -toy, -oy, -poshsha, -bibi, -nisa, -bonu kabi qo‘shimchalarni qo‘shing va ular ishtirokida gaplar tuzing. Bu qo‘shim- chalar ifodalaydigan subyektiv baholarga diqqat qiling. 53 ZAMON QO‘SHIMCHALARI USLUBIYATI 1-topshiriq. Berilgan gaplardagi zamon shakllarining ma’nolarini aniqlang. 1. – Yur, ketdik. Qorning to‘qmi? – dedi Habibulla. (Sh. Xol mirzayev) 2. Men ertaga ketyapman, Farhod. (Erkin A’zam) 3. Buvasi gapiradi, Mama- dali tinglaydi. (O‘. Umarbekov) 2-topshiriq. Quyidagi gaplarning qaysi nutqiy uslubga xosligini aniqlang. 1. Shunda sizni azob emas, rohat kutadi. 2. Shunda sizni azob emas, rohat kutajak. 3. Bir kun bu alamlar unutiladi. 4. Bir kun bu alamlar unutilgay. Siz bilasizki, fe’lning zamon shakllari benihoya rang-barang bo‘lib, ular nutqda ifodalangan harakat yoki holatning uch zamon (o‘tgan, hozirgi, kelasi)dan birida voqelanishini bildiradi. Ammo nutq tuzish- da shuni ham hisobga olish kerakki, nutq vaziyati, ifoda maqsadi, umuman, uslub taqozosiga muvofiq zamon shakllari almashi nishi, muayyan bir zamonni ifodalovchi qo‘shimchalardagi o‘ziga xosliklarga ko‘ra ulardan biri tanlanishi mumkin. Masalan, quyidagi misollarda -di qo‘shimchasi bilan yasalgan o‘tgan zamon shakli so‘zlashuv uslubi taqozosiga ko‘ra kelasi zamon ma’nosida qo‘llangan: Xo‘sh, anovi divanni nima qildik? (Erkin A’zam) Bu yerda bo‘lgan bahslar shu eshikdan chiqmasin, ma’qulmi, nima dedingiz? (Ahmad A’zam) Hozirgi zamon shaklini yasovchi -yotir, -yap, -moq da qo‘shim- chalari ma’nodosh, ammo ular nutqiy uslublarga xoslanishi, uslu- biy bo‘yog‘iga ko‘ra bir-biridan farqlanadi. Ulardan -yap ko‘proq so‘zlashuv uslubiga xos, -yotir va -moqda qo‘shimchalari esa poetik nutqda, badiiy uslubda ko‘proq qo‘llanib, tantanavorlik, ko‘tarinki- lik bo‘yog‘ini namoyon qiladi. Kelasi zamon shaklini yasov chi -ajak qo‘shimchasi ham ana shunday tantanavorlik, ko‘tarinkilikni ifodalaydi. 54 Ilmiy uslubda hozirgi-kelasi zamon shakli (-a, -y qo‘shimchasi) ning qo‘llanishida ham uslubiy o‘ziga xoslik mavjud. Bu shakl aniq zamonni emas, balki, umuman, zamonni, odatiylikni bildirish uchun ham qo‘llanadi. Masalan, predmetning belgisini bildiruvchi so‘zlar sifat deyiladi; kesim gapning markazi hisoblanadi; ega bosh kelishikdagi so‘z bilan ifodalanadi kabi ifodalarda buni ko‘rish mumkin. So‘zlashuv va boshqa uslublarda ham bunday holat odam gapiradi, qush uchadi, pichoq kesadi singari qo‘llanishlarda kuzatiladi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling