66-mashq.
Mayl bilan bog‘liq holatda shaxs-son shakllari orqali
subyektiv munosabat ifodalanishiga e’tibor bering. Subyektiv
ma’no ifodalanishini izohlang.
1. Nazoratchi kelib, sim to‘siqning beriyog‘ida to‘planib qolgan tomoshabin
mahbuslarga, ketinglar deb buyurdi. (Said Ahmad) 2. Qani, ketlaring endi!
(O‘. Umarbekov) 3. Qani, tu ringlar, bolalar! (Ulug‘bek Hamdam) Endi gap
shu: qimirlamay turlaring. (Tohir Malik) 4. Sinchiklab ishlanglar. Men
o‘zimda bo‘laman (Tohir Malik) 5. Nimaga qaqqayib turibsanlar?! Ishla-
laring! (Tohir Malik) 6. Ey birodarlar, zaril gaplaring bo‘lsa, aytinglar.
(Tog‘ay Murod) 7. Takliflaring bo‘lsa, aytlaring. (Tohir Malik)
A. Hojiyevning «O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati»dan
olingan
ayyor
so‘zi sinonimlari tavsifi bilan tanishing, ulardagi ma’no
nozikliklarini eslab qoling. Bu so‘zlar ishtirokida gaplar tuzing.
Do'stlaringiz bilan baham: |