«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


1.  Kelasi zamonning badiiy uslubga xoslangan shakllari bormi? 2.  Hozirgi zamon qo‘shimchasi  -yap


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/161
Sana29.12.2021
Hajmi0.98 Mb.
#183323
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   161
Bog'liq
10 sinf ona tili darslik

56
1.  Kelasi zamonning badiiy uslubga xoslangan shakllari bormi?
2.  Hozirgi zamon qo‘shimchasi 
-yap
 ko‘proq qaysi uslubda qo‘llana-
di?
3. Poetik nutqda – badiiy uslubda ko‘p qo‘llanib, tantanavorlik, 
ko‘tarinkilik bo‘yog‘ini namoyon qiladigan zamon qo‘shimchalarini 
ayting.
4. Ilmiy uslubda hozirgi-kelasi zamon shaklining qaysi shakli qo‘l-
lanadi?
5. Qaysi zamon shakllari aniq zamonni emas, umuman, zamonni, 
odatiylikni bildirish uchun ham ishlatiladi?
63-mashq.
  Matnni o‘qing. Zamon shakllarining qo‘llanishiga e’tibor 
bering. Zamon ma’nosi ko‘chgan o‘rinlarni aniqlab, ularni 
muvofiq shakllar bilan almashtiring. Ma’nodagi farqlanish-
ni tushuntiring.
Hov ana, bir qaldirg‘och to‘g‘riga qarab o‘qdek otilib bo 
radir, 
uchgan yo‘lida vijir-vijir sayrab ham qo‘yadir. Qal 
dirg‘ochning qay-
g‘usi yo‘q, suyganining oldiga tezroq yetish uchun shoshadirgandir: 
sayrog‘i ham suyganining ko‘rish shodligi uchundir... Men ham shu 
qaldirg‘ochdek uning sari otilib, vijir-vijir sayrab uchar edim... Bu 
oshish 
lar, bu kechishlar o‘zga vaqtlarda Otabek uchun huzur va oshi-
qish bag‘ishlagan bo‘lsalar, bu gal uni nafratlantiradirlar, bormay qay-
tish fikri halidan-hali ko‘ngliga kelib turadir. Uzoqda qo‘sh haydab 
yurgan yigitning ashulasi eshitiladir: «Ikki yorni ajratuvchi bu falakning 
gardishi!» Ruhlik, kuchlik ko‘krakdan chiqgan bu ashula tevarakni zir-r 
ettirib yuborgandek, Otabekka ham boshqacha bir ta’sir beradir. Go‘yo 
bu dehqon uning istiqbolidan hikoya qilgandek bo‘ladir. Bu bayt deh-
qonning og‘zidan yana takrorlanib, tag‘in tevarakni yangiratadir. Endi 
Otabekning ko‘nglidan bir gap ham o‘tib ketadir: «Ikki yorni ajratqu-
chi bu falakning gardishi emas, ota-onaning orzusi!» O‘zining sirlik 
ma’nosiga Otabekning istiqbolini olib ko‘ringan bu bayt, nihoyat, uni 
yig‘latadir. Ko‘z yoshlari yuzi orqali  egarining qoshiga va otining 
yoliga toma boshlaydir. (Abdulla Qodiriy)



Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling