55
1. Xodimlarning aytishib qolganlari, tartibsizlik
yo kechikishlarini,
iloji bo‘lsa, ko‘rib ko‘rmaslikka oladi, ustidan chiqib qolsa, noiloj
astoydil kuyunadi: «Tartib
yaxshi-ku, nima qilamiz buzib, a?»
(Ah-
mad A’zam) 2. Bir to‘yda Gulandomga ko‘zi
tushadi-yu, halovati-
ni yo‘qotadi.
Yotsa ham, tursa ham ko‘zidan Gulandom ketmaydi.
(Said Ahmad) 3. Ha, yuzga yaqin odam begimning xizmatida bo‘lgay.
(P. Qo dirov) 4. Zaynab o‘zining muhabbatini eriga faqat kundoshi kelib
yetar oldida e’lon qiladir.
(Abdulla Qodiriy) 5. Ko‘cha
tomondan trak-
torning kelib to‘xtagani eshitiladi. Ko‘p o‘tmay bir qop narsani orqalab
Qo‘chqor kirib keladi.
(Sh. Boshbekov) 6. Do‘xtirlar
qatorma-qa-
tor yurib, bittama-bitta bosh tekshiradi: yara-chaqasi yo‘qmi, bo‘lsa,
yuqumli kal emasmi? Yonidagi sherigi ism-familiyalarni yozib boradi.
Oxirida mash’um hukm o‘qiladi.
(Erkin A’zam) 7. Endi sen chorla-
sang, toki
tanda jon Labbay deyajakman, Vatan, onajon.
(A. Oripov)
A. Hojiyevning «O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati»dan
olin gan
azob
so‘zi sinonimlari tavsifi bilan tani
shing, ulardagi ma’no
nozikliklarini eslab qoling. Bu so‘zlar ishtirokida gaplar tuzing.
Do'stlaringiz bilan baham: