O’zbekiston milliy hisoblar tizimi – iqtisodiy statistikaning uslubiy negizi
Natura holidagi daromadlarni qayta taqsimlash schyoti
Download 153.67 Kb.
|
3-amaliy. Milliy hisoblar tizimi -2.(1)
Natura holidagi daromadlarni qayta taqsimlash schyoti.
Bu schyotning umumiy tuzilish sxemasi quyidagicha: Natura holidagi daromadlarni qayta taqsimlash schyoti
Davlat boshqaruv idoralari va uy xo’jaligiga xizmat ko’rsatuvchi notijorat tashkilotlar sektorlariga kiruvchi birliklar o’zlariga tegishli ixtiyordagi daromadlarining bir qismini uy xo’jaliklarining yakuniy iste’moli uchun sarflaydilar. Bu xizmatlar odatda individual (kollektiv emas) tarzda ko’rsatiladi. U pul yoki natura (tovar yoki xizmat) ko’rinishida bo’lishi mumkin. Bu tarnsfertlar aholining ayrim guruhlarini ijtimoiy himoyalash va yordam maqsadida amalga oshiriladi va natura holidagi sotsial transfertlar deb ataladi. Natura holidagi sotsial transfertlar davlat byudjeti va uy xo’jaligiga xizmat ko’rsatuvchi notijorat tashkilotlar mablag’lari hisobiga uy xo’jaliklariga bepul ko’rsatiladigan meditsina va o’quv xizmatlaridan, sotsial, diniy, siyosiy va madaniy xizmatlardan, turli xil tovarlarni (dori-darmonlar, nogironlar aravachalari va avtomobillari va x.k.) bepul berishdan iborat. MHTda bunday jarayonlar yuqorida keltirilgan schyotda yozib boriladi. Iqtisodiyot sektori schyotlari bir-biridan joriy tranfertlar tarkibi bilan farq qiladi. Hamma sektorlar schyotlarida ham birlamchi daromadlar saldosi ko’rsatkichi mos ravishda bundan oldingi schyotdan (birlamchi daromadlar taqsimoti schyotidan) schyotning resurs qismiga o’tadi. Davlat boshqaruv idoralari va uy xo’jaligiga xizmat ko’rsatuvchi notijorat tashkilotlar sektorlarining tuzatilgan ixtiyordagi daromadlari shu sektorlarning ixtiyordagi daromadidan aholiga bergan natura holidagi sotsial transfertlarni chegirib tashlash orqali topiladi. Nomoliya va moliya korxonalari sektorlarining tuzatilgan ixtiyordagi daromadlari pul holidagi ixtiyordagi daromadlariga teng bo’ladi. Chunki bu sektorlar natura holida sotsial transfert olmaydilar va bermaydilar. Ular o’rtasidagi natura shaklida olingan(berilgan) transfertlar joriy va kapital transfertlar sifatida qayd etiladi. Xulosa qilib aytganda, ushbu schyotni tuzishdan ko’zlangan maqsad, bir tomondan uy xo’jaligi sektorining keng ma’nodagi daromadini va yakuniy iste’molini aniqlashdan iborat bo’lsa, ikkinchi tomondan davlat boshqaruv idoralari va uy xo’jaligiga xizmat ko’rsatuvchi notijorat tashkilotlar sektorlarining oxirgi iste’molga va jamg’armaga yo’naltiradigan mablag’larini hisoblashdan iborat. Download 153.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling