O’zbekiston milliy hisoblar tizimi – iqtisodiy statistikaning uslubiy negizi


Birlamchi daromadlarni taqsimoti schyoti


Download 153.67 Kb.
bet10/17
Sana21.06.2023
Hajmi153.67 Kb.
#1638444
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
3-amaliy. Milliy hisoblar tizimi -2.(1)

Birlamchi daromadlarni taqsimoti schyoti. Bu schyotda tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish mobaynida yaratilgan birlamchi daromadlarning ichki iqtisodiyot va tashqi dunyo sektorlari o’rtasida taqsimlanishi jarayoni ko’rsatiladi. Schyot mamlakat miqyosida va iqtisodiyot sektorlari uchun tuziladi.3
Birlamchi daromad deganda - institutsion birliklarning boshqa birliklarning iqtisodiy faoliyatida bevosita va bilvosita (moliyaviy va ishlab chiqarilmagan aktivlari bilan) qatnashganliklari natijasida ega bo’ladigan daromadlarini tushunamiz.
Birliklarning iqtisodiy faoliyatida bevosita qatnashishlari quyidagi belgi va sifatlar bilan xarakterlanadi: ishlab chiqarishni tashkil qiluvchi va yurituvchi sifatida, yollanma mehnatchi sifatida, iqtisodiy faoliyat yuritish uchun xuquqiy bazani yaratuvchi va infratuzilmani shakllantiruvchi sifatida.
Birliklarning iqtisodiy faoliyatida bilvosita qatnashishlari quyidagi belgi va sifatlar bilan xarakterlanadi: o’z aktivlari bilan ishlab chiqaruvchi birlikning ustav kapitalini shakllantirishda qatnashish, moliya mablag’larini kelishilgan muddatga berish, asosiy vositalarni moliyaviy lizing asosida berish, birlikning aktsiyalariga va qimmatli qog’ozlariga ega bo’lish, ishlab chiqarilmagan aktivlarni berish va sug’urta polislariga ega bo’lish.
Birlamchi daromadlar tarkibiga mehnat xaqi, sof soliqlar, foyda, aralash daromad va mulk uchun daromad kiradi.
Schyotning mamlakat miqyosida tuzilish sxemasi quyidagicha ifoda etish mumkin:



Ishlatilishi

Resurslar

6.Mulk uchun daromadlar (tashqi dunyoga to’langani)
6.1. Foizlar

1.Rezident birliklarnig ishlab chiqarishdan olgan yalpi foydasi

6.2. Dividendlar

2. Yalpi aralash daromad

6.3.To’g’ri investorning foydadagi ulushi

3.Mulk uchun daromadlar (tashqi dunyodan olingani)
3.1. Foizlar

6.4.Renta

3.2. Dividendlar

6.5.Sug’urta polisidan olingan daromad

3.3.To’g’ri investorning foydadagi ulushi




3.4.Renta




3.5.Sug’urta polisidan olingan daromad




4.Ishlab chiqarish va import uchun sof soliqlar (soliqlar-subsidiyalar)




4.1. Bevosita ishlab chiqarish uchun sof soliqlar
-soliqlar
- subsidiyalar (-)




4.2. Mahsulot uchun sof soliqlar
-soliqlar
- subsidiyalar (-)




5.Mehnat haqi (rezidentlar olgani)
5.1. mamlakat iqtisodiy hududida
5.2. tashqi dunyodan

7.Birlamchi daromadlar
saldosi (1+2+3+4+5-6) yoki Yalpi milliy daromad


8. Asosiy kapitalning iste’moli (AKI)


9. Sof milliy daromad (7-8)







Download 153.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling