3. Milliy hisoblarni tuzishning umumiy tamoyllari
Milliy hisoblar tizimi uzining tuzilishiga kura buxgalterlik hisobi bilan uxshash. Ularning xar ikkisi xam «T»-kurinishidagi shaklga ega. Schyotlarni balanslashtiruvchi ikki xil yul mavjud. Ayrim schyotlarni balans moddasi yordamida balans metodi bilan balanslashtiriladi. Balans moddasi keyingi schyotning birlamchi moddasiga aylanadi. Boshqa schyotlar esa “tarif” usuli bilan balanslashtiriladi. “Tarif” usuli bilan balanslashtiriladigan schyotlarga tovar va xizmatlar schyoti misol buladi. Milliy hisoblar tizimi schyotlari ikki kimdan iborat, ya’ni resurslar va foydalanish (buxgalteriya hisobidagi kabi debet-kredit emas). Shunisi muximki, resurslarga aloqador kaydlar yigindisi foydalanishdagi aloqador kaydlar yigindisiga teng buladi.
Iqtisodiyot sektorlari uchun schyotlar o’z navbatida quyidagilarga bo’linadi:
joriy schyotlar;
jamg’arma schyoti;
aktiv va passivlar balansi.
Joriy schyotlar o’z ichiga quyidagi schyotlarni oladi;
1 -ishlab chiqarish;
2-daromadlarning shakllanishi;
3-daromadlarning birlamchi taqsimoti;
4-daromadlarning ikkilamchi taqsimoti;
5- pul shaklida ixtiyordagi daromadlardan foydalanish;
6-daromadlarni natura ko’rinishida qayta taqsimlanishi
7-tuzatish kiritilgan ixtiyordagi daromadlardan foydalanish.
Jamg’arma schyoti quyidagilardan tuziladi:
8-kapital bilan operatsiyalar schyoti;
9-moliyaviy schyot;
10-aktiv va passivlardagi boshqa o’zgarishlar schyoti:
a) aktiv va passivlarning ko’lamidagi boshqa o’zgarishlar schyoti;
11-aktiv va passivlarni qayta baxolash schyoti
12-tovar va xizmatlar schyoti
4. Аsosiy hisoblar tizimi
Do'stlaringiz bilan baham: |