O’zbekiston milliy hisoblar tizimi – iqtisodiy statistikaning uslubiy negizi


MHTning asosiy tushunchalari va tasniflari


Download 153.67 Kb.
bet3/17
Sana21.06.2023
Hajmi153.67 Kb.
#1638444
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
3-amaliy. Milliy hisoblar tizimi -2.(1)

2. MHTning asosiy tushunchalari va tasniflari

Milliy hisoblar tizimida iqtisodiyotni ichki va milliy turga bo’lish uchun quyidagi tushunchalar qabul qilingan:


Iqtisodiy hudud -shaxs, tovar va pul birliklari erkin harakat qila oladigan geografik hudud, milliy fazo, hududiy suvlar va xalkalar suvlarda mavjud. Mamlakatning egalik qilish xukuki bo’lgan kontinental shelflardan iborat.
Bundan tashkari, iqtisodiy hududga hududiy anklavlar (ya’ni, davlatlararo shartnomalar asosida diplomatik, xarbiy, ilmiy va boshqa maqsadlarda ishlatiladigan chet ellardagi geografik hudud) va erkin zonalar xam kiradi, mamlakat hududida joylashgan boshqa davlat anklavlari iqtisodiy hududga kirmaydi.
Iqtisodiy manfaatdorlik markazi- bir yil va undan ortiqroq vaqt mobaynida iqtisodiy hududda amalga oshiriladigan ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish bilan bog’liq bo’lgan operatsiyalar.
Rezident - iqtisodiy manfaatdorlik markazi mamlakat iqtisodiy hududi bilan bog’langan xo’jalik birliklariga (uy xo’jaligi, korxona, tashkilot) aytiladi. Iqtisodiy hududda bir yildan ortik istikomat kilgan kishi shu davlatning rezidenti deb hisoblanadi.
Artistlar, talabalar, sportchilar va boshqa davlatlardan kelgan shaxslar, elchilar bu mamlakatning rezidenti hisoblanmaydilar.
Xalkaro tashkilotlarning xodimlari shu davlatda bir yildan ortik istikomat kilib ishlasa, ular ishlab turgan joyidagi davlatning rezidenti hisoblanadi.
Ichki iqtisodiyot-rezident va norezidentlarning iqtisodiy hududdagi iqtisodiy faoliyati.
Milliy iqtisodiyot-rezidentlarni turar joylaridan kat’iy nazar ularning iqtisodiy faoliyati. Rezidentlarni iqtisodiy faoliyatiga hududiy ishlab chiqarish jarayonlari hamda diplomatik tashkilotlarni va chet el xarbiy bazalarining ish faoliyati xam kiradi.
Milliy iqtisodiyotning asosiy iqtisodiy ko’rsatkichi yalpi ichki mahsulot (YaIM) yoki yalpi milliy daromad (YaMD) hisoblanadi.
Ichki iqtisodiyot asosan, yalpi ichki mahsulot (YaIM) bilan o’lchanadi, YaIM tovarlar va xizmatlar oqimini ulchaydi.
YaMD-esa daromadlar okimini ulchaydi.
O’zbekiston iqtisodiy sistemasining turli qismlari o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni to’laligicha aks ettirish maqsadida insituttsion birliklar aniqlanishi va ularni sektorlar, tarmoqlar buyicha guruxlash zarur.

Download 153.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling