O'zbekiston Milliy Universiteti Amaliy psixologiya b patok talabasi Mamatqulova Gulmiraning Ekspremental psixologiya fanidan taqdimoti


Download 1.29 Mb.
Sana27.01.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1133428
Bog'liq
Irodaning buzulishi. Irodasizlik xulq-atvori.

O'zbekiston Milliy Universiteti Amaliy psixologiya B patok talabasi Mamatqulova Gulmiraning Ekspremental psixologiya fanidan taqdimoti.

Irodaning buzulishi. Irodasizlik xulq-atvori.

Reja:

  • Iroda haqida umumiy tushuncha.
  • Irodaning muhum sifatlari.
  • Irodasizlik holatlari.
  • Irodaning buzulishi.
  • Irodaning asosiy funkisiyalari.

Iroda haqida umumiy tushuncha.

  • Iroda — odamning oʻz faoliyati va psixik jarayonlarini oʻzi boshqarishda namoyon boʻladigan qobiliyati. Inson Irodaviy harakatini amalga oshirar-kan, oʻziga xukmron ehtiyoj va xohishlariga qarshi turadi: Iroda uchun "men xohlayman" degan kechinma emas, balki "kerak", "bajarishim shart" degan kechinma xosdir.Inson faoliyatining barcha turlari va har qanday mehnat kishidan mustahkam Irodani talab qiladi. Iroda mehnatda paydo boʻladi va toblanadi. Irodaning ongdagi faoliyati harakat maqsadini belgilashda, maqsadga erishish vosi-talari va yoʻlyoʻriqlarini oldindan aniqlab, maʼlum qarorga kelishda hamda bu qarorni ijro etishda namoyon boʻladi. Odamda Irodaning qay darajada ekanligi maqsadni qanday roʻyobga chiqarishida koʻrinadi. Irodaviy harakat jarayonlarida kishi ichki va tashqi toʻsiqlarga duch keladi. Ichki toʻsiqlar kishining oʻziga, uning ichki mayllariga xos holat. Kishining ichki mayllarini yenga olish, oʻzini boshqarish va oʻz ustidan hukmronlik qila bilish layoqati ichki Iroda deb ataladi. Tashqi toʻsiklar tevarakatrofdagi voqelikda uchraydi. Kishining ana shunday tash-qi toʻsiqlarni yenga olish layoqati tashki Iroda deb ataladi. Irodaviy faoliyatda tashqi toʻsiqlarni yengish (tashqi Iroda) ichki toʻsiqlar (ichki Iroda) ni yengish bilan uzviy bogʻliq.

Irodaning muhum sifatlari.

  • Irodaning muhim sifatlari: oʻzini tuta bilish, dadillik, qatʼiylik, chidam va toqat, prinsipiallik, mustaqillik va iroda kuchi shu sifatlarning qay darajada namoyon boʻlishiga qarab belgilanadi. Kishi yuksak gʻoyalarga asoslangan ongli qatʼiyat va sabot bilan oʻz harakati yoʻlidagi toʻsikdarni yengar ekan, u kuchli Iroda egasi hisoblanadi. Iroda kishining harakteri bilan uzviy bogʻliq, uning shakllanishida muhim rol oʻynaydi.

Irodsizlik holatlari.

  • Xarakter sifatining yana bir muhim xususiyati shundaki, biz dastlab juda kuchli irodali yoki butunlay zaif irodali odamlar tug'ilmaydi. Bu xususiyat deyarli har qanday yoshda o'ziga singdirilishi va rivojlanishi mumkin.Iroda malum kuchga ega boladi, bazi hollarda irodasi kuchli, boshqa hollarda esa kuchsiz namoyon boladi. Kuchli irodaga kosmonavtlarning irodasi misol boladi. Kishi irodasining kuchsizligi uning juda arzimas qiyinchiliklarining ham enga olmasligida korinadi. Masalan, biror ishni bajarishga yoki biror ishni boshlashga ozini majbur qila olmaydi. Iroda kuchi ozini tuta bilishda, jasurlik, qatiyat, matonat va chidamlilikda namoyon boladi. Ozini tuta bilish kishining oldiga qoygan maqsadlarining amalga oshirishg qarshilik qiladigan ichki holatini engishda ko`rinadigan irodadir. 

Irodaning buzulishi.

  • Irodaviy faoliyatning buzilishi har xil bo'ladi. Ayniqsa ular psixik kasalliklarda (katotonik sindrom) va bosh miyaning organik shikastlanishida (apraksiyalar, harakatlarning tangligi) ifodalanadi.Irodaning buzilishlaridan eng ko'p uchraydigani gipobuliya-iroda faolligining kamayishidir. Bunday bemorlar kam harakat qiladilar, ularda faoliyatga intilish deyarli paydo bo'lmaydi. Ular biror ishni boshlab uni tez to'xtatib qo'yadilar, bunga sabab o'z mashg'ulotini davom ettirish istagining yo'qligidir.Giperbuliya – bemor kishining haddan tashqari faolligi bo'lib u kamroq uchraydi. Bunday holat pernisioz anemiyada paydo bo'lishi mumkin. Samarasiz giperbuliya maniakal holatda bo'lgan bemorlarda kuzatiladi.Ba'zi bir kasallik holatlarida iroda keskin zaiflashib ketadi ya'ni abuliya paydo bo'ladi.Abuliyada bemor har qanday faoliyatni to'htatib qo'yadi, barcha istaklardan mahrum bo'ladi. Kasal indamay turaveradi, gapirmaydi, savollarga javob bermaydi.

Irodaning asosiy funkisiyalari.

  • motivlar va maqsadlarni tanlash;etarli bo'lmagan yoki haddan tashqari motivatsiya bilan harakat qilish istagini tartibga solish;psixik jarayonlarni tegishli tizimga tashkil etish;maqsadlarga erishishda to'siqlarni engib o'tish sharoitida jismoniy va aqliy imkoniyatlarni safarbar qilish.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT.


Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling