O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI
O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
BIOLOGIYA FAKULTETI
70510102- Mikrobiologiya va virusologiya
mutaxassisligi
1-KURS MAGISTRANTI
Isoqulov Ma’rufbek Zohid o’g’lining
2021-2022 o‘quv yilining
Aprel oyi uchun
hisoboti
TOSHKENT-2022
I. Talabaning o‘quv-metodik, ilmiy-tadqiqot, ilmiy-pedagogik ishlari, ilmiy seminar, ilmiy amaliyot (stajirovka) bo‘yicha
1.O‘quv-metodik ishlar
Aprel oyi uchun o‘quv rejasiga kiritilgan barcha fanlar bo‘yicha professor-o‘qituvchilarning ma’ruza va seminar darslariga o‘z vaqtida qatnashib kelmoqdaman. 2- semestr uchun qo‘yilgan fanlar:
“O‘simliklar virus kasalliklari” fanidan “Fitovirusologiya laboratoriyasining tuzilishi va ishlash qoidalari”, “Viruslarni kasallangan o‘simliklarda aniqlash” mavzulari bo‘yicha dala amaliyoti mashg‘ulotini bajardik.
“Mikroorganizmlar sitologiyasi va sistematikasi” fanidan mikroorganizmlarning o‘sishi va ko‘payishi, prokariotlarning oziqlanishi kabi mavzusida topshiriqlarni bajardim
“Amaliy mikologiya” fanidan mikrorganizmlarning ahamiyati, zamburug‘lar kabi mavzulari bo‘yicha darslar tayyorladim, o‘qib o‘rgandim.
2.Ilmiy tadqiqot ishlari bo‘yicha:
Aprel oyida ilmiy tadqiqot ishim “Sho’rlangan sharoitda bug’doy va g’o’za o’sishini rag’batlantiruvchi ba’zi rizosfera bakteriyalarining xususiyatlarini izlash va o’rganish” mavzusiga oid o‘quv adabiyotlar, bibliografiya va axborot resurslar, metodik qo‘llanmalar bilan tanishib chiqdim. Ilmiy rahbarim bilan birgalikda to‘plagan adabiyotlar buyicha 1-kurs magistratura o‘quv rejasining dissertatsiyalarini tayyorlashning oraliq shakli sifatda 2-yarim yilligiga kiritilgan magistrlik dissertatsiyasi mavzusi bo‘yicha kurs ishi yozishga tayyorlandik.
3. Ilmiy-pedagogik ishlari
Professor – o‘qituvchilarning ma’ruzalarida qatnashish:
Kafedraning mahoratli o‘qituvchilaridan biri bo‘lgan o‘qituvchi D.Egamberdievaning joriy yidning 24- aprel sanasida o‘tkazilgan navbatdagi vebinarida qatnashdim. Vebinar “O‘simliklar mikrobiomi” mavzusi bo‘yicha bo‘lib o‘tdi.
AQSh mikrobiologiya jamiyati “Mikroblar dunyoni boshqaradi” mavzusida vebinar seriyalarini tashkil etgan ushbu vebinarlar mikrobiologiya sohasidagi turli mavzularni o‘z ichiga olgan bo‘lib, maqsadi shu soxada faoliyat olib borayotgan talabalar va yosh olimlarning bilimini oshirish va mamlakatimizda mikrobiologiya soxasini rivojlantiriga qaratilgan.
Ilmiy rahbar: Shurigin V.V.
Magistrant: Isoqulov M.Z.
Do'stlaringiz bilan baham: |