O’zbekiston milliy universiteti biologiya fakulteti kurs ishi mavzu : O’zbekistonda uchraydigan zaharli ilonlar va ular zaharining xususiyatlari
Download 107.91 Kb.
|
O’zbekiston milliy universiteti biologiya fakulteti kurs ishi
Ilon zahari — zaharli ilonlarning zahar bezidan chiqadigan sargʻish yoki och yashil, hidsiz tiniq suyuklik. Quritilgan . Ilon zahrining 70—90% i murakkab oqsil moddalar, qolgani anorganik moddalardan iborat. Zahar tarkibida erkin aminokislotalar, yogʻlar, yogʻ kislotalar, har xil tuzlar bor; natriy, kalsiy, kaliy, rux, magniy, fosfor, kremniy, temir, kumush kabi elementlar ham uchraydi. . Ilon zahrida 15 ga yaqin oqsil moddalar borligi elektroforsz usulida aniqlanib bu moddalarning biologik xossalari turlicha ekanligi qayd qilingan. Ulardan biri odam yoki hayvonni oʻldirsa, ikkinchisi qonni ivitadi, uchinchisi qizil qon tanachalarini yemiradi, boshqasi esa organizmga hech qanday taʼsir koʻrsatmaydi. Koʻzoynakli ilon zaharidan nervga taʼsir etadigan modda — neytrotoksin, koʻlvor ilon va charx ilon zaharidan bir qancha fermentlar ajratib olingan. Ilon chaqqan odamning zaharlanishida ana shu maxsus toksinlar va baʼzi- fermentlar asosiy rol oʻynaydi. Yaxshilab quritilgan va havo kirmaydigan qorongʻi joyda saklangan . Ilon zahri 15—20 yilgacha barcha xossalarini saqlab qoladi.
Oʻrta Osiyodagi zaharli ilonlar zaharining organizmga taʼsiri ham bir xil emas, masalan, koʻzoynakli ilon zahari, asosan, nerv sistemasiga, koʻlvor ilon, charx ilon va boʻsh ilon zahari esa, asosan, qon tomir devori va qonga taʼsir etadi. Bu ilonlar chaqqanda jarohatlangan joy va uning atrofi zahardagi gemorragik moddalar taʼsirida shishadi va qattiq ogʻriq paydo boʻladi. Ilon zahrining taʼsiri odamning qaysi joyini ilon chaqqaniga ham bogʻliq. Koʻkrak yoki boʻyinni chaqsa, juda xavfli, chunki bu qismda yirik qon tomirlar koʻp. Ilon chaqqanda koʻriladigan eng asosiy choralardan biri organizmga kirgan zahar miqdorini kamaytirishdir. Buning uchun ilon chaqqan joy mahkam ushlanadi va qattiq siqib, jarohatdan qon chiqariladi. Qonni ogʻiz bilan ham soʻrib olish mumkin, lekin ogʻiz boʻshligʻida yarachaqa boʻlmasligi kerak. Ilon oyoq yoki qoʻlni chaqsa, zahar badanga tez tarqalmasligi uchun, ularni mutlaqo qimirlatmaslik kerak. Qaysi ilon chaqsa, organizmga oʻshaning zaharidan tayyorlangan maxsus zardob yuboriladi. Bunday zardoblar Toshkentdagi Vaksina va zardoblar ilmiy tad-qiqot intida tayyorlanadi. Download 107.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling