O‘zbekiston milliy universiteti ermatova Munojat Qosimovna


Download 297.79 Kb.
bet13/25
Sana23.09.2023
Hajmi297.79 Kb.
#1685749
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25
Bog'liq
ОРФО 05.07.2023 СТЕНОГРАММА

Q.x.f.d. KOJAXMETOV S.: Tuproq eritmasining qaysi sharoitida o‘simlik nitratni oson o‘zlashtiradi?
ERMATOVA M.Q.: O‘simliklarni ildizdan oziqlanishida tuproq eritmasining muvozanatligi muhim rol o‘ynaydi. .Qo‘llaniladigan mineral o‘g‘itlar tarkibidagi oziq elementlarning nisbati optimal bo‘lgan sharoitlarda o‘simlik oziq elementlarni, jumladan nitratni oson o‘zlashtiradi. Bizning olib borgan tadqiqotlarimizda qo‘llaniladigan o‘g‘itdagi azot, fosfor va kaliyning nisbati 1:0,7:0,5 bo‘lganda ijlbiy natijaga erishildi.
Q.x.f.d. KOJAXMETOV S.: Tuproq namligini o‘rganganmisiz?
ERMATOVA M.Q.: O‘rganganmiz, Tadqiqot olib borilgan tuproqlarda tuproqlarning dala nam sig‘imi 60% atrofida kuzatilgan.
RAIS: Rahmat. Yana kimda savollar bor? Kengash a’zosi, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi Atabaev Ma’ruf Maxmudovich.
Q.x.f.n. ATABAEV M.M.: Savolim shundan iboratki, xulosa qismida olingan natijalar o‘qitishda foydalaniladi deyilgan. O‘quv jarayoni uchun biror bir qo‘llanma yoki uslubiy qo‘llanma chiqardingizmi? Talabalarga qanday qilib yetkazilyapti?
ERMATOVA M.Q.: Savolingiz uchun rahmat,ustoz. Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha chop etilgan ilmiy nashrlar oliy ta’limning bakalavriyatta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisliklarining o‘quv jarayonida foydalaniladi, bitiruv malakaviy va magistrlik dissertatsiya ishlari mavzular bankini shakllantirshda foydalaniladi.
Q.x.f.d. ATABAEV M.M.: Konkret nima chiqardingiz? Qo‘llanmami, uslubiy tavsiyami nima chiqardingiz?
ERMATOVA M.Q.: Ishlab chiqarilgan “Tuproq eritmasini konsentratsiyasini o‘simliklar oziqlanishi uchun maqbullashtirish yo‘llari” tavsiyanoma oliy o‘quv yurtlari bakalavr va magistratura talabalari tomonidan foydalaniladi.
. Q.x.f.d. ATABAEV M.M.: Qaerdan o‘tgan?
ERMATOVA M.Q.: Tavsiyanoma O‘zbekiston Milliy universitetini uslubiy kengashidan muhokamadan o‘tgan.
Q.x.f.d. ATABAEV M.M.: Muhokamadan o‘tgan bo‘lsa bo‘ldi.

Download 297.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling