O‘zbekiston milliy universiteti ermatova Munojat Qosimovna
Download 297.79 Kb.
|
ОРФО 05.07.2023 СТЕНОГРАММА
- Bu sahifa navigatsiya:
- ERMATOVA M.Q.
ILMIY KOTIB: Rahmat. (Ilmiy seminarning xulosalari, yetakchi tashkilot taqrizi, dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferati bo‘yicha ilmiy kengashga kelib tushgan taqrizlar bilan tanishtirish tanishtirib o‘tdi).
2 ta ilmiy natija amaliyotga joriy qilingan:
Ilmiy natijalarga jahonning yetakchi ilmiy markazlari va oliy ta’lim muassasalari mutaxassislari tomonidan 23 ta taqriz kelib tushgan:
Ma’lumot uchun:
(Bu tablitsa OAKsi tomonidan berilgan, tadqiqotchi to‘lidirish kerakligi aytilgan) RAIS: Rahmat. Taqrizlar bo‘yicha kengash ilmiy kotibiga savollar bormi? – (Kengash a’zolari: yo‘q). Ma’lumot sifatida qabul qilish haqida taklif bor. E’tirozlar bormi? – (Yo‘q). Qabul qilinadi. Yetakchi tashkilotdan kelgan taqrizlarda ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklarga javob berish uchun so‘z talabgorga. ERMATOVA M.Q.: Yetakchi tashkilot sifatida Samarqand davlat universiteti belgilangan bo‘lib, vaqt ajratib dissertatsiya ishimni ko‘rib chiqqanligi uchun o‘zimni minnatdorchiligimni bildiraman. Ko‘rsatilgan kamchiliklarga munosabat. Yetakchi tashkilot xulosasining 1,7,9-bandlarida berilgan tavsiya va kamchiliklar qabul qilindi, ularni kelgusi tadqiqotlarimizda inobatga olamiz. Ayrimlariga izoh berib o‘tmoqchiman. Ikkinchi kamchilik bo‘yicha: Jizzax cho‘li Arnasoy tomon 0,002-0,003 m pasayib boradi deb yozilgan ma’lumotlar “Jizzax cho‘li tuproqlarini jadal rivojlangan dehqonchilik sharoitida o‘zgarishi va uni unumdorligini oshirish yo‘llari” (Toshkent, 2019) monografiyasidan olingan. Uchinchi kamchilik bo‘yicha: tuproqlarning asosiy fizikaviy xossalarini yozishda hajm og‘irlik, solishtirma og‘irlik iboralaridan foydalanildi. To‘rtinchi kamchilik bo‘yicha: Har ikkala jadvalda bir xil tuproq, ya’ni eskidan sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproq bo‘yicha natijalar keltirilgan. Tuproqlarning agrokimyoviy xossalari 1 metr qatlamgacha tavsiflangan, tuproqlar eritmasining konsentratsiyasi keltirilgan 3.2.8-jadvalda esa kesmaning qatlamlari to‘liq berilgan. Beshinchi kamchilik bo‘yicha: Tuproq eritmasida nafaqat Mg+ balki kalsiy, kaliy ionlari xam nisbatan ko‘p miqdorda uchraydi. Bu holat muvozanatda e’tiborga olingan. Oltinchi kamchilik bo‘yicha: 4.1.18 jadvalda tola va chigit tarkibidagi NPK miqdorini paxta deb berilgan. Sakkizinchi kamchilik bo‘yicha: oqsil, lipid va fitin miqdorini aniqlash bo‘yicha foydalangan metodikada o‘lchov birligi 100 ta chigitda mg da berilgani uchun shu birlikni qo‘lladik. Lipid ba’zi adabiyotlarda yog‘, ba’zilarida esa moy deb yoziladi. Biz ilmiy atama sifatida lipid deb nomladik. Dissertatsiya avtoreferatiga kelib tushgan taqrizlarda ko‘rsatilgan kamchiliklarga munosabat. Tokio qishloq xo‘jaligi va texnologiyalari universiteti (Yaponiya) dotsenti Keysuke Kasura taqriziga javob: Avtoreferatning kirish qismida tadqiqot maqsadi, vazifalari va ilmiy yangiligi batafsil bayon etilgan. Ingliz tilidagi variantda ushbu ma’lumotlar qisqachi yozilgan. Tuproq eritmasi oʻzgaruvchan tarkibdagi gomogen suyuq faza bo‘lib, uning konsentratsiyasini o‘simliklar oziqlanishi uchun maqbullashtirishda bir qator antropogen omillardan foydalaniladi. Biz o‘z tadqiqot ishlarimizda bu borada eng qudratli omil bo‘lgan o‘g‘it qo‘llash orqali tuproq eritmasining konsentratsiyasini o‘simliklar oziqlanishi uchun maqbullashtirish yo‘llarini ishlab chiqish bo‘yicha izlanishlar olib bordik. Olib borilgan tadqiqot ishlarida ilk bora sug‘oriladigan tuproalar eritmasi ajratib olindi, uning tarkibi va konsentratsiyasiga turli agrofonlarning ta’siri o‘rganildi, eritma xolatini g‘o‘zaning o‘sishi, rivojlanishi, fiziologik ko‘rsatkichlari va hosildorligiga ta’siri aniqlandi, o‘simlik optimal oziqlanishi uchun eritma tarkibi va konsentratsiyasini o‘g‘it qo‘llash orqali boshqarishning ilmiy asoslangan tavsiyalari ishlab chiqildi. Tuproq eritmasining konsentratsiyasini muayyan taproq-iqlim sharoitlarida, ayniqsa arid iqlim sharoitidagi xudud tuproqlarida nazorat qilish murakkab hisoblanadi. Biz tadqiqotlarimizni sug‘oriladigan dehqonchilik sharoitida olib bordik. Kelgusi tadqiqotlarimizda tuproq eritmasining tarkibi va konsentratsiyasini o‘simliklar oziqlanishi uchun maqbullashtirishda o‘simlik shirasining osmotik bosimini, o‘simlikni so‘rish kuchini xam o‘rganishni rejalashtirganmiz 2. GulDU A.Musurmonov taqrizida ko‘rsatilgan kamchilik bo‘yicha: orfografik va ayrim xatoliklar tuzatildi. 3. D.Tungushova taqrizida ko‘rsatilgan kamchilik bo‘yicha: tadqiqotlar vazifasida o‘simlikning so‘rish kuchini aniqlash rejalashtirilmagan bo‘lib, buni o‘rganishni keyingi tadqiqotlarimizda inobatga olamiz. 4. N.Abduraxmonov taqrizida ko‘rsatilgan kamchilik bo‘yicha: o‘simlik, tuproq, o‘g‘it o‘rganiladigan predmetlar bo‘lgani uchun bularni tadqiqot predmetida ko‘rsatib o‘tilgan. 5. L.Mirzaev taqrizida ko‘rsatilgan kamchilik bo‘yicha: 3,4,5,6-rasmlardagi raqamlarning ayrimlarida verguldan keyingi 2-raqami nol bo‘lgani uchun verguldan keyin bitta raqam bo‘lib qolgan. E’tiborlaring uchun rahmat! RAIS: Rahmat. Dissertatsiyaning rasmiy muhokamasiga o‘tamiz. So‘zni – birinchi rasmiy opponent, qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor Ibragimov Nazarbay Madrimovichga. Marhamat. Download 297.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling