O‘zbekiston milliy universiteti ermatova Munojat Qosimovna


Download 297.79 Kb.
bet17/25
Sana23.09.2023
Hajmi297.79 Kb.
#1685749
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25
Bog'liq
ОРФО 05.07.2023 СТЕНОГРАММА

Q.x.f.d. IBRAGIMOV N.M.: (M.Q.Ermatovaning dissertatsiyasi bo‘yicha o‘z taqrizlarini o‘qib eshittirdilar. Taqriz ijobiy, ammo ayrim fikr-mulohazalar ko‘rsatib o‘tilgan. (Taqriz ilova qilinadi).
RAIS: Nazarbay Madrimovich dissertatsiya ishini chuqur ko‘rib tahlil qilib berganingiz uchun katta rahmat. Birinchi rasmiy opponent – qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor Ibragimov Nazarbay Madrimovichning taqrizida ko‘rsatilgan kamchiliklarga javob berish uchun so‘z talabgorga beriladi. Marhamat.
ERMATOVA M.Q.: Ustozimiz qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor Ibragimov Nazarbay Madrimovichga qimmatli vaqtlarini ayamasdan dissertatsiya ishimni ko‘rib chiqib, o‘zlarini fikr-mulohaza va takliflarini berganligi uchun minnatdorchilik bildiramiz.
Ko‘rsatib o‘tilgan ayrim kamchilik va takliflarga munosabat bildirib o‘tsam.
Dala tajribasi va sinov ishlari bir xil tuproqlarda, ya’ni eskidan sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlarda olib borilgan. Dissertatsiyaning 4.5-§ da to‘liq ma’lumot berilgan.
2-bandda Tadqiqot rejasida o‘simlik ildizi hujayrasi shirasining osmotik bosimini aniqlash ko‘zda tutilmagan edi, keyingi tadqiqot ishlarimizda inobatga olamiz.
3-bandda Dala tajribasi tipik bo‘z tuproqlar sharoitida 2017-2018 yillarda, dala sinov tajribasi 2020-2021 yillarda o‘tkazilgan, Dala tajribasida amalga oshirilgan agrotexnik tadbirlar 2.4§. Tadqiqot uslublari da o‘tkazilgan sanalari bilan batafsil ko‘rsatilgan.
Yana bir bor kattakon rahmat ustoz.
RAIS: Nazarbay Madrimovich, javobdan qoniqdingizmi?
Q.x.f.d. IBRAGIMOV N.M.: Qoniqarli.
RAIS: Rahmat. So‘z - ikkinchi rasmiy opponent, qishloq xo‘jalik fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim Karimberdieva Amina Azimovnaga. Marhamat.
Q.x.f.n. KARIMBERDIEVA A.A.: (M.Q.Ermatovaning dissertatsiyasi bo‘yicha o‘z taqrizlarini o‘qib eshittirdi. Taqriz ijobiy, ammo ayrim fikr-mulohazalar ko‘rsatib o‘tilgan (Taqriz ilova qilinadi).
RAIS: Amina Azimovna dissertatsiya ishini chuqur ko‘rib tahlil qilib berganingiz uchun katta rahmat. Ikkinchi rasmiy opponent – qishloq xo‘jalik fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim Karimberdieva Amina Azimovnaning taqrizida ko‘rsatilgan kamchiliklarga javob berish uchun so‘z talabgorga beriladi. Marhamat.
ERMATOVA M.Q.: Rasmiy opponentimiz qishloq xo‘jalik fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim Karimberdieva Amina Azimovnaga qimmatli vaqtlarini ayamasdan dissertatsiya ishimni ko‘rib chiqib, o‘zlarining fikr-mulohaza va takliflarini berganligi uchun minnatdorchilik bildiraman. Taqrizining 1,2,5,8–bandlarida berilgan tavsiya va kamchiliklar qabul qilindi, ularni kelgusi tadqiqotlarimizda inobatga olamiz.
Ko‘rsatib o‘tilgan ayrim kamchilik va takliflarga munosabat bildirib o‘tsam.
3–bandda tuproq kesmasining morfologik yozilmasi ilovada keltirilgan.
4–bandda g‘o‘za organlari orqali oziq elementlarini olib chiqib ketilishi bo‘yicha ma’lumotlar g‘o‘zaning hosil elementlari, jumladan chanoq va tolasini birlashtirgan xolda paxta bilan olib chiqib ketilishi deb berilgan.
Oltinchi banddagi kamchilik bo‘yicha: jadvallar va rasmlar ketma-ketlikda to‘g‘ri raqamlangan. 3.4.7 raqami rasmga tegishli, 3.4.11 raqami esa jadvalga tegishli, bu raqamlar rasm va jadvallar bo‘yicha to‘g‘ri ketma-ketlikda qo‘yilgan.
Yettinchi banddagi kamchilik bo‘yicha: Jadvallarda olingan ma’lumotlar qaysi yilga tegishli ekani ko‘rsatilgan.
RAIS: Amina Azimovna, javobdan qoniqdingizmi?

Download 297.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling