O‘zbekiston milliy universiteti ermatova Munojat Qosimovna


Download 297.79 Kb.
bet20/25
Sana23.09.2023
Hajmi297.79 Kb.
#1685749
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
ОРФО 05.07.2023 СТЕНОГРАММА

Q.x.f.d. NIYaZALIEV B.I.: Hurmatli ilmiy kengash a’zolari! Umuman olganda talabgor tomonidan bajarilgan bugungi dissertatsiya ishi ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Chunki o‘g‘it me’yorini respublikamizdagi turli tuproqlarning xususiyatini e’tiborga olgan holda, har xil o‘g‘it qo‘llaniladi. Ayniqsa bu dissertatsiyani mohiyati shundaki, azotli o‘g‘itlarni har xil me’yorda qo‘llab, tuproq konsentratsiyasiga bo‘lgan ta’sirlarini ifodalab berilgan. Boya aytilgandek azotli o‘g‘itlarni har xil me’yorda berganda, albatta tuproq muhitiga ta’sirini ham o‘rganilsa yaxshi bo‘lar edi. Chunki hozir tuproq muhitida bo‘ladigan ayrim tuproqlarni ishqorli darajasiga ayrimlari pasayib o‘zi bilamizki, o‘simlikni o‘sib rivojlanishi uchun 6-7 mo‘tadil bo‘lishi kerak. Ayrim ishqorli holati bor, shularni 6-7 ga tushirish uchun tuproqda mineral o‘g‘itlari, ayniqsa mineral o‘g‘itlar yuqori bo‘lsa qanday bo‘ladi? Shularni ham kelajakda o‘rganilsa yaxshi bo‘lar edi.
Umuman olganda rasmiy opponentlarimiz ishni juda yaxshi tahlil qilib berishdi. Shularni e’tiborga olgan holatda ishni ijobiy deb baholasa bo‘ladi.
RAIS: Rahmat. Yana so‘zga chiquvchilar bormi? (Ovozlar: yetarli). Men ham qisqacha fikrimni bildirib o‘tsam.
Aynan shu 06.01.04 ixtisoslik bo‘yicha yetakchi mutaxassislarimiz tomonidan yaxshi savol javob va munozalar bo‘ldi. Dissertatsiya ishi bo‘yicha aytmoqchi bo‘lganim, o‘tirgan boshqa talabgorlarimizga ham taalluqli bo‘lgan joyi bor. Boblar bo‘yicha albatta OAK nizomiga ko‘ra xulosalar keltirilishi lozim. Boblar bo‘yicha xulosalar keltirilsa, yana ham maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Jadvallarni nomerlash bo‘yicha dissertatsiyani varaqlash davomida ko‘zim tushgan edi. Bu o‘zi ketma-ketlikda birdan nechagacha bo‘lsa ham nomlanib ketilishi maqsadga muvofiq. Birdan yigirmagachami bobdan bobga o‘tganda ham jadval va grafik nomerlari davom etishi mumkin. Bu stilistik xatolarni ishni o‘qishgan vaqti berishadi. O‘quvchilarga noqulayliklar tug‘diradi. Buni taklif sifatida aytib ketyaptman. Keyingi ishlaringizda hisobga olasiz.
Endi navbatda ish bajarilgan tashkilot, yetakchi tashkilot, rasmiy opponentlarni va so‘zga chiquvchilar xulosalarida Ermatova Munojat Qosimovnaga qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha taklif tushyapti.
Buni tasdiqlash uchun Nizom bo‘yicha yashirin ovoz berish jarayoniga o‘tamiz. Yashirin ovoz berish jarayonini tashkil qilish va o‘tkazish uchun hisob komissiyasining tarkibini aniqlashimiz zarur. Hisob komissiyasi tarkibi bo‘yicha kimda qanday taklif bor? – (Kengash a’zolari: 3 kishidan iborat bo‘lsin). 3 kishidan iborat komissiya tarkibi tasdiqlansin, degan taklif bo‘lyapti.
1. b.f.d., dos. Saidova Munisa Ergashevna
2. q.x.f.d., prof. Kojaxmetov Sovetbek Kojametovich
3. q.x.f.n. Karimov Muradjan Umarovich

Hisob komissiyasiga nomzodlar bo‘yicha qanday takliflar bo‘ladi? (Kengash a’zolari: tasdiqlansin) Kim ushbu tarkib bo‘yicha hisob komissiyasi saylanishiga rozi bo‘lsa, ovoz berishlarini so‘rayman.


- Qarshilar? - Yo‘q. - Betaraflar? - Yo‘q. Qabul qilinadi.
Hisob komissiyasi a’zolari o‘z ishini boshlashi mumkin. Yashirin ovoz berish uchun 10 daqiqalik tanaffus e’lon qilinadi.

(TANAFFUSDAN SO‘NG )
RAIS: Hurmatli Ilmiy kengash a’zolari! Kengash majlisini davom ettiramiz. Hisob komissiyasining yashirin ovoz berish natijalarini e’lon qilish uchun so‘z - saylangan hisob komissiyasi raisi biologiya fanlari doktori, dotsent Saidova Munisa Ergashevna.



Download 297.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling