O‘zbekiston milliy universiteti ermatova Munojat Qosimovna
Download 297.79 Kb.
|
ОРФО 05.07.2023 СТЕНОГРАММА
X U L O S A S I
Talabgorning eng muhim ilmiy natijalari: O‘zbekistonda sug‘oriladigan tipik bo‘z, o‘tloqi allyuvial va bo‘z-o‘tloqi tuproqlarda ilk marotaba sug‘oriladigan tuproqlarning eng murakkab qismi-tuproq eritmasi ajratib olingan. Tuproq eritmasining konsentratsiyasi, kimyoviy tarkibi, osmotik bosimi, muvozanatliligi aniqlangan va ushbu ko‘rsatkichlarni ko‘plab tabiiy va antropogen omillar ta’sirida o‘zgarib turishi yoritib berilgan. Eskidan sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlar sharoitida o‘tkazilgan dala tajribasida tuproq eritmasining kimyoviy tarkibi va konsentratsiyasini turli agrofonlar ta’sirida va o‘simlikning vegetatsiya davri mobaynida o‘zgarishi aniqlangan, tuproq eritmasining kimyoviy tarkibi va konsentratsiyasini g‘o‘zaning fiziologik ko‘rsatkichlari, o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta’siri ilmiy asoslangan. Dala tajribasining barcha variant tuproqlarining eritmasi tarkibida kalsiy, magniy va kaliy ionlari nisbatan koʻp miqdorda uchrashi, oʻgʻit qoʻllash tuproq eritmasi tarkibida anion va kationlar miqdorini ortishiga olib kelishi aniqlangan. N300P210K150 meʼyorda oʻgʻit qoʻllanilgan variant tuproqlarida o‘simliklar oziqlanigi uchun tuproq eritmasining optimal sharoiti yaratilgan. Natijada oʻsimlikning shonalash davrida azot, fosfor va kaliyning miqdori mos ravishda g‘o‘za bargida 3,22%, 3,61% va 3,61% ga, shonasida 3,64% ga, poyasida 2.1%, 2,57% va 2,57% ga, ildizida 1,3%, 1,82% va 1,82% gacha ortgan. Tuproq eritmasining optimal sharoitida g‘o‘zaning 4-5 haqiqiy barglar hosil qilish fazasidan koʻsaklash fazasigacha gʻoʻza barg sathining 166,6-3488,9 sm2 shakllanishiga, fotosintez mahsuldorligini esa shonalash fazasidan pishish fazasigacha 7,16-9,13 g/m2 bo‘lishiga erishilgan. Tuproq eritmasining optimal konsentratsiyada gʻoʻza chigiti tarkibidagi oqsil (2508±66 mg/100 dona chigit), yogʻlar (2735±73 mg/100 dona chigit) va fitin (36017±936 mkg/100 dona chigit) miqdoriga ortgan. N300P210K150 meʼyorda oʻgʻit qoʻllab yaratilgan tuproq eritmasining muhitida g’o’zadan 40,21 s/ga hosil olishga erishilgan. Download 297.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling