O‘zbekiston milliy universiteti ermatova Munojat Qosimovna
Q.x.f.n. KARIMBERDIEVA A.A
Download 297.79 Kb.
|
ОРФО 05.07.2023 СТЕНОГРАММА
- Bu sahifa navigatsiya:
- Q.x.f.d.SATTAROV J.S.
- B.f.d. TOShQO‘ZIEV M.M
Q.x.f.n. KARIMBERDIEVA A.A.: Qoniqarli.
RAIS: Rahmat. Rasmiy opponentlardan ham iltimos qilib qolar edik. Ishni har tomonlama chuqur tahlil qilib berishlarini chunki, hamma narsa opponentlarga bog‘liq. Hurmatli ilmiy kengash a’zolari, muhokamaga o‘tamiz. Ishni kamchiligini ham yutug‘ini ham ko‘rsatib beradiganlar opponentlar hisoblanadi. Shuning uchun keyingi muhokamalarga e’tibor olishlarining so‘rayman. Endi ilmiy munozaraga o‘tamiz. Bugungi muhokama qilinayotgan dissertatsiya ishi bo‘yicha kimda qanday fikrlar-mulohazalar bor? Marhamat, so‘z – kengash a’zosi qishloq fanlari doktori, akademik Sattarov Jo‘raqul Sattarovichga beriladi. Q.x.f.d.SATTAROV J.S.: Assalomu alaykum hurmatli Ilmiy kengash a’zolari! Hozir juda yaxshi ilmiy ishni eshitdim, yangi ilmiy ishni eshitdim desam to‘g‘ri bo‘ladi. Chunki bu sohada oldin hech kim ishlamagan. Asli o‘zi O‘rta Osiyoda tuproq eritmasi bilan men shug‘ullanib boshlaganman. Moskvalik P.Shavrigin bilan Mirzacho‘lda sho‘r tuproqlar bilan ishlaganmiz. Drenaj o‘tganda tuproqning tuzini tarkibiga qanday ta’sir qiladi? Shuni o‘rganganman. Menga Moskva Tuproqshunoslik institutini direktori Rыjov Sergey Nikolaevich rahbarlik qilgan edi. Xloridli va sulfatli tuzlarni erishiga temperaturaning ta’siri degan mavzuda nomzodlik dissertatsimni himoya qilganman. 1965 yilda Moskvada Tuproqshunoslik jurnalida P.Shavrigin bilan bitta maqola chiqardim. Ikkinchi maqolamda tuproq eritmasi bilan boshqa bir metodikani solishtirdim. Hammasi bo‘lib ikkita maqola chiqarganman. Undan keyin Sergey Nikolaevich bitta xodimi bilan hammualliflikda maqola chiqardilar. Keyinchalik Qoraqapog‘istonlik Jiymuratov qoraqalpoq tuproqlaridagi tuproq eritmasi haqida juda chiroyli ish yozdi. Oxirida shunday xulosaga keldi, O‘rta Osiyo tuproqlarida tuproq eritmasini o‘rganish murakkab. Nima uchun? Chunki bizda atmosfera, iqlim boshqacha yiliga 200, 300, 400 mm yog‘in yog‘adi. Rossiyada 700-800 mm yog‘in yog‘adi. U yerlarni tuprog‘ini ichi to‘la suv, siqsangiz sizib chiqadi. Tuproq eritmasi bo‘yicha ma’lum bir ilmiy ma’lumot olish, analiz qilish, kuzatish, juda og‘ir. Chunki bu yo‘nalishdagi izlanishlar yangi, endi boshlayapti. M.Ermatova dissertatsiya mavzusi bo‘yicha maqolalar chop etdi, kichkina broshyuralar ham chiqardi, gazetaga maqolalar ham yozdi. O‘ylaymanki, bu qizimiz olgan mavzusini yaxshi yoritib, keng ko‘lamdagi tadqiqot ishlarini bajardi. Maqolalari ham to‘g‘ri, o‘zim ko‘rib chiqqanman. Xulosalari ham to‘g‘ri, yangi yo‘nalish bo‘lganligi uchun uchragan ayrim kamchiliklari opponentlar tomonidan aytildi. Xulosa qilib aytmoqchimanki, ish yaxshi, PhD dissertatsiyasiga arziydi. O‘zi ham mehnatsevar dissertantlardan hisoblanadi. Diqqatlaring uchun rahmat! RAIS: Rahmat, ustoz. Ishga ijobiy baho berasizmi? –(Albatta ijobiy baho beraman). Yana so‘zga chiquvchilar bormi? So‘z – Ilmiy kengash a’zosi, biologiya fanlari doktori, professor Toshqo‘ziev Ma’ruf Mansurovichga beriladi. Marhamat. B.f.d. TOShQO‘ZIEV M.M.: Assalomu alaykum hurmatli Ilmiy kengash a’zolari! Bu ish bilan avtoreferati orqali tanishib chiqdim. Ilgari ilmiy seminarda va boshqa muhokamalarda xam tanishish imkoniyati bo‘lgan. O‘zimni chiqishimni shundan boshlamoqchiman, hurmatli kengash a’zolari! Mana shunaqangi ish Saidjon Sidiqovni, Jo‘raqul Sattorovichni konsultantligida olib borilgan bo‘dib, nafaqat agrokimyo va tuproqshunoslik uchun, balki fiziologlar, o‘simlikshunoslar uchun xam juda muhim. Bu ishni dissertant faqat agrokimyo doirasida o‘g‘it qo‘llash orqali tushuntirib berdi. Tuproq eritmasini o‘rganish umuman olganda respublikamiz, horijiy davlatlar miqyosida juda ham dolzarb hisoblanadi. Hozir Jo‘raqul Sattarovich aytgan gaplarni bir qismini qaytargan bo‘lsam, uzr. Lekin bu ishni bajarish hammani qo‘lidan kelmaydi. Imkoni ham yo‘q. Rahmatli Jiymuratov Iskandar og‘ani yaxshi bilaman, Buxoro zonal agrokimyo laboratoriyasida yotib olib, uch yil nomzodlik dissertatsiyasini o‘sha joyda bajargan. Tuproq ekspeditsiyasi ishi bilan Buxoroda bo‘lganmiz, o‘sha joyda u odamni ishlayotgan ishlarini ko‘rganmiz. Murakkabligiga murakkab, lekin ularni xulosasiga men qo‘shilmayman. Jo‘raqul Sattarovichni o‘zlari ham aytyapti. Bu narsani bizlarni tuproq sharoitida o‘rganish murakkab deganlari noto‘g‘ri, o‘rganish mumkin. Tabiiy holatdagi tuproqlarda haqiqatdan qiyin. Tabiiy sharoitda tuproqlarda nihoyatda qiyin, antropogen degan tushunchalar keltirilgan. Antropogen sharoitida esa inson faoliyati ostida o‘g‘itlar qo‘llayapmiz, agrotexnik ishlarni bajaryapmiz. Ana shunday sharoitda tuproq eritmasini o‘rganish ham ilmiy ham nazariy ahamiyatga ega deb hisoblayman. Savolimlarimdan bittasi shu bo‘ldiki, siz shu tuproq eritmasini qanday ajratdingiz? Buni tuproqshunoslik kitoblarida uch xil usuli bor. Presslash, etil spirt, osmotik bosim, sentrifuga, shu usullar adabiyotlardan ma’lum. Dissertant ana shu ajratib olgan eritmasini qaysi usulda bajardingiz? –deb bitta usul qo‘llagan. Ularni loyiha doirasida sinab ko‘rishgan. To‘g‘ri qo‘llashgan, u ham bo‘lsa spirt eritmasida ajratib olgan tuproq eritmasi. Kimyo institutida Sergey Nikolaevich Rыjov rahbarligida N.Zimina, M.Tilavov bajargan tadqiqotlarni dissertantimiz keyinchalik e’tiborga olib qo‘ysinlar. Jiymurotovni Jo‘raqul Sattarovich aytdilar, ular qoraqalpoq tuprog‘ida Buxoroni sho‘rlangan tuprog‘ida o‘rgangan bo‘lishi mumkin. Shunaqa ishlar juda ham muhim. Albatta bitta ish bilan ko‘p narsani qamrab olish juda qiyin. M.Ermatova shu sohani mutaxassisi bo‘lganligi uchun mana shu tuproq eritmasini o‘g‘itlarga ta’siri, undan keyin o‘simliklarni organlari orqali ildiz sistemasiga o‘tishi, ildiz sistemasida ketayotgan jarayonlarni o‘rganib, ularning natijasini xulosasini o‘qiganda tushunsa bo‘ladi. Bu degani shunday yaxshi ish bajarilganki, u katta hajimda bajariladigan ishlar. Lekin murakkabligini hammalaring ko‘rdilaring. Ajratib olish qiyinligi, uni dala sharoitida bajarish, olingan ma’lumotlarni tahlili juda katta hajimda tahliliy ishlar bajarilgan. Shunaqangi ishlar kengash uchun juda ham kerak. Xo‘jako‘rsinga, savollarga javob uchun emas, dissertantni olgan muhim natijalari qismida ish hammasi yoritib berilgan. Ishni shunaqangi yaxshi yozish uchun dissertatsiyani mukammal bajarish kerak. Shunaqa tadqiqot ishlari, murakkab tahlillarni amalga oshirish lozim. Dissertant yaxshi biladilar, ajratib olingan eritmani o‘zida oziqa moddalari aniqlangan. Siz aniqlagan azot, fosfor, kaliy juda ham oz miqdorda, o‘shani boyitish uchun esa albatta o‘g‘itni qo‘llash kerak. M.Tilavov bu yo‘nalishda ishni qilmaganligi uchun ma’lumotlari chala qolgan. Chunki Saidjon Sidiqov taklif qilgandek, Jo‘raqul Sattarov aytib bergandek, mana shu agrofonlarda o‘rganganda, bu narsa yuzaga chiqdi. Agrokimyo sohasidagi yirik mutaxassis, agrokimyogar olim Nazarbay Ibragimovich xamda yirik mutaxassis Amina Azimova taqrizchi bo‘lib ishni yoritib berishdi. Bunday olganda, har qanday ishda kamchiliklar bo‘ladi. Ko‘rsatilgan kamchiliklar borki, ular ishning mazmuniga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Umuman olganda qo‘yilgan masala, taqrizchilarni ishga bergan bahosiga qo‘shilamiz. O‘zim mazkur ishni ma’qullayman. Bu nazariy tuproqshunoslik uchun juda muhim. Ayniqsa fiziologlarga muhim. Shundan kelib chiqib bu ishlar fiziologlarga yo‘l ochib beradigan ish deb hisoblayman. Men bu ishni qo‘llab-quvvatlayman. Sizlarni ham qo‘llashga taklif qilaman. RAIS: Rahmat. Yana so‘zga chiquvchilar bormi? So‘z – kengash a’zosi, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi Karimov Murodjon Umarovichga beriladi. Marhamat. Download 297.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling