O’zbekiston milliy universiteti fakulteti
Download 254.34 Kb. Pdf ko'rish
|
4-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- TOSHKENT-2022 Reja
- Foydalanilgan adabiyotlar
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI ________________________________ FAKULTETI ________________________________ YO’NALISHI ________________________________ FANIDAN AMALIY ISH Mavzu: Cho’kindi tog’ jinslari va ularni tasnifi Bajardi: _______________________ Qabul qildi: _____________________ TOSHKENT-2022 Reja: 1. Cho`kindi tog` jinslarining hosil bo`lish jarayoni. 2. Cho`kindi tog` jinslarining turlari. 3. Cho`kindi tog` jinslariga mansub bo`lgan menerallar va konlar. 4. Cho`kindi tog` jinslarining insoniyat rivojlanishidagi o`rni. Foydalanilgan adabiyotlar Tayanch iboralar: cho`kindi, yotqiziq, nurash, relef, kontenintal, jins, mineral, hovza, orgonagen, dengiz, ko`l, muz, qatlam, mexanik, kimyoviy, organic, gil, qum, slyuda, kvarts, changsimon, lyoss, serg`ovak, gips, xemogen, tuf, chaqiq, tsement, temir, fosfat, ferrolit, qumtosh, kremniy, deatomit, aromatic. Cho`kindi tog` jinslari yer yuzasining deyarli xamma yerida tarqalgan. Cho`kindi jinslarning paydo bo`lishi va o`zgarishi turli termodinamik, fizik va kimyoviy sharoitlar bilan bog`liq bo`lib, ma`lum qonuniyatga bo`ysinadi. Cho`kindi tog` jinslari o`simlik va organizm qoldiqlaridan shuningdek o`zidan oldin paydo bo`lgan magmati va metamorfik jinslarning yemirilishidan hosil bo`ladi. Hosil bo`lish sharoitiga qarab cho`kindi jinslar dengiz, ko`l, daryo, shamol, muz va morena yotqiziqlariga bo`linadi. Qurik iqlimli sharoitda hosil bo`lgan jinslar kontinental yotkiziklar deb ataladi. Ularning hosil bo`lishida shamol, oqar suvlar va muz suvlarining roli juda kattadir. Atmosfera yog`inlari ta`sirida nuragan jinslar shamol va oqar suvlar bilan birga oqib borib, relyefning pastkam joylarida to`planadi va cho`kindilar hosil qiladi. Kontinental cho`kindi jinslar hosil bo`lishi sharoitiga qarab elyuvial, delyuvial, prolyuvial, alyuvial va eol yotqiziqlariga bo`linadi. Suv xavzalarida suvda erigan mineral moddalarning cho`kishidan kimyoviy, xayvonot va o`simlik qoldiqlarining to`planishidan esa organogen cho`kindi jinslar hosil bo`ladi. Cho`kindi tog` jinslar yer po`stining eng ustki qatlamlarini tashkil qilib, butun yerdagi tog` jinslarning atiga 5% ni tashkil etadi. Shunga qaramay bu jinslar yer yuzasining 75% maydonini ishg`ol qilib yotadi. Cho`kindi tog` jinslarining asosiy belgilaridan biri ularning qatlam-qatlam bo`lib asosan, gorizontal xolatda yotishidir. Ayrim qatlamlar bir-biridan rangi, tarkibi va xossalari bilan farq qiladi. Cho`kindi jinslar segovak bo`ladi va ularning tarkibida toshqotgan organik qoldiqlarni uchratish mumkin. Cho`kindi tog` jinslari paydo bo`lish sharoitlariga qarab bir-biridan tubdan farq qilib, uchta asosiy guruxga bo`linadi: 1. Mexanik. 2. Kimyoviy. 3. Organik Download 254.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling