O’zbekiston milliy universiteti fakulteti


Download 254.34 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana20.01.2023
Hajmi254.34 Kb.
#1104973
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4-mavzu

Gips va angidrit bug`lanish kuchli bo`lgan va suvi oqib chiqib ketmaydigan 
dengiz qo`ltiqlarida tuzlarning cho`kishidan hosil bo`ladi. Gips mayda donli zich yoki 
tolasimon oq, kulrang, sariq rangdagi jinsdir. Xajmiy og`irligi 2200 kgG`m3. 
mustaxkamligi 20MPa 
Oxaktoshlar juda keng tarqalgan cho`kindi tog` jinsi hisoblanadi. Ularning 
tarkibiga kaltsit qisman dolomit minerali xam kiradi. Asosan oxaktoshlar kaltsiy 
karbonatdan tarkib topsada kvarts, pirit, gil aralashmalari xam uchraydi. Shunga ko`ra - 
kulrang, oq, sariq yoki qo`ng`ir tusli xillari uchraydi. Tuzilishiga ko`ra loyqa aralashsa 
loyqali, qum aralashsa ko`li, dolomit aralashsa dolomitli, kremniy aralashsa kreniyli 
oxaktosh deb ataladi. Hosil bo`lishiga qarab organogen, xemogen, chaqiq va aralashma 
oxaktoshlar bo`ladi. 
Oroganogyen oxaktoshlar asosan dengiz mallyuskalarining chig`anoqlari, 
marjonlar, mayda dengiz xayvonlari xamda o`simlik qoldiqlaridan paydo bo`ladi. Bunday 
jinslar tuzilishi serg`ovak va g`alvirak bo`lib, keng tarqalgan. Xajmiy og`irligi 1200 dan 
3100 kgG`m3 gacha o`zgaradi. 
Orgonagen oxaktoshlar turkumiga bur xam kiradi. Bur yumshoq gilli jins bo`lib, 
panjalar bin ishqalanganda eziladi. Rangi oq, kulrang, sarg`ish yoki bo`zrang bo`ladi. 
Xyemogyen oxaktoshlar dengiz suvlaridagi eritmalardan kaltsit mineralining 
cho`kishidan hosil bo`ladi. Bularga asosan oxaktoshli tuf va oolitli oxaktoshlar kiradi.


Oxaktoshli tuflar kaltsiy karbonatga boy bo`lgan yer osti suvlarining yon 
bag`irliklardan yer yuzasiga oqib chiqadigan joylaridan to`planadigan serg`ovak 
jinslardir. Quruq xoldagi mustaxkamligi 80MPa. 
Oolitli oxaktoshlar kaltsit minerali mayda zarachalarining kaltsiyli tsement bilan 
mustaxkamlanishidan tarkib topadi. Bunday oxaktoshlar dengiz tublarida hosil bo`lib, 
qat-qat yotadi. Mustaxkamligi 16 -20 MPa. 

Download 254.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling