O‘zbekiston milliy universiteti horijy filologiyasi fakulteti O‘zbek


Download 424.5 Kb.
bet3/4
Sana05.01.2022
Hajmi424.5 Kb.
#205574
1   2   3   4
M

Misol

Masalan, tilshunoslikning fonetika bo‘limida nutq tovushlarining akustik tomoni fizikaning akustika bo‘limi ma’lumotlari asosvda o‘rganiladi. Nutq tovushlarning paydo bo‘lishida ishtirok etadigan nutq organlarining vazifasini fiziologiya materiallarisiz bayon qilish mumkin amas. Yoki nutq patalogiyasi muammolari tibbiyot fani bilan uzviy aloqada hal qilinadi.

U

Xulosa

Tilshunoslikni u yoki bu fanlar sinfiga kiritishda bu fan o‘rganadigan obyektning tabiati asos qilib olinadi. Bu jihatdan uning o‘rganish obyekti ham ko‘p qirrali, murakkabdir.

Birinchidan, til kishilarning eng muhim aloqa vositasi, bilimlarini saqlovchi va kelajak avlodga yetkazuvchi, kishilarga estetik zavq uyg‘otuvchi qudratli vositadir. Ana shu vazifalarini e’tiborga olganda, til ijtimoiy hodisadir. Chunki u muayyan jamiyat uchun xizmat qiladi. Agar shu jamiyat bo‘lmasa, uning tiliga ham zarurat bo‘lmaydi. Jamiyatdagi har bir o‘zgarish uning tilida o‘z izini qoldiradi. Tilni ana shunday ijtimoiy mohiyat sifatida o‘rga­nish tilshunoslikni ijtimoiy fanlar tarkibiga kiritishga asos bo‘ladi.

Ikkinchidan, mohiyatan ijtimoiy xarakterga ega bo‘lgan til muayyan fizik va fiziologik jarayonlar asosida modsiylashadi. Tilning ana shu moddiylashish tomonini o‘rganish tilshunoslikni tabiiy fanlar sirasiga kiritish imkonini tug‘diradi. Shuning uchun ham A.A’zamov tilshunoslikni tabiiy fanlar qatorida qaraydi.

Uchinchidan, til va tafakkur o‘zaro ajralmasdir. Til fikrni shakllantiruvchi va ifodalovchi moddiy vositadir. Bu jihatdan til va tafakkur shakl va mazmun dialektikasini o‘zida namoyon etadi. Tilning ana shu jihatlarini o‘rganish tomoni tilshunoslikni falsafa, mantiq, psixologiya fanlari tizimiga kiritishga asos bo‘ladi.

To‘rtinchidan, til uzluksiz rivojlanib, takomillashib boruvchi hodisadir. Bu jihatdan u jonli organizmga o‘xshaydi. Tilning ana shu dinamik xususiyatlarini o‘rganish tomonidan tilshunoslik biologiya fanlari bilan umumiy belgilarga ega.

Tilshunoslikda lisoniy birliklarning boshqa lisoniy birliklar bilan birikish imkoniyatlari va ushbu imkoniyatning yuzaga chiqish masalalari bilan shug‘ullanuvchi valentlik nazariyasining vujudga kelishi bevosita kimyo fanining ta’siri bilan bog‘liqdir.

Keyingi davrlarda avtomatikaning rivojlanishi tilshu­noslik faniga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Tilshunoslikda lingvistik modellashtirish, avtomatik tarjima muammola­ri paydo bo‘ldi. Ana shunday muammolar tilshunoslik fani­ning matematika, kibernetika kabi fanlar bilan aloqasini kuchaytirdi.

Download 424.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling