O’zbekiston milliy universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti amaliy psixologiya yo’nalishi “A” patog
Download 26.6 Kb.
|
emotsiyalar
Tortinchoqlik.
Maktab yoshidagi bolalar uchun tortinchoqlik yaxshi xususiyat emas. Chunki bu vaziyat bolaning iqtidorini bo‘g‘ib qo‘yadi. Aksariyat hollarda o‘quvchilarning tortinchoqligi oiladagi o‘zgarishlar, kuchli ruhiy kechinmalar, do‘stlari oldida kamsitilishidan kelib chiqadi. Bunday holatda o‘qituvchilar bola bilan dildan suhbatda bo‘lib, ota-onasi bilan maslahatlashgan holda, ularning ham fikrlarini olib, boladagi tortinchoqlikni bartaraf etishi kerak. Ammo o‘ta mahmadonalikni ham oqlab bo‘lmaydi. Bu odobsizlikning ilk belgisidir. O’quvchilar orasida uchraydigan bunday xususiyatga ko‘pincha o‘qituvchilar ham sababchi bo‘lib qolishi mumkin. Har gal uy vazifasini tayyorlab kelgan bolani tinglamaslik, «Sendan ko‘ra o‘rtog‘ing yaxshiroq», qabilidagi bolaning nafsoniyatiga tegadigan gaplar, «Sen bu vazifani bajarishni uddalay olmaysan, bizni ko‘pchilikning oldida uyaltirib qo‘yishing mumkin», singari tazyiqlar boladagi jur’atni yo‘qotishi mumkin. Bunda bola o‘z-o‘zidan tortinchoq bo‘lib qolishi hech gap emas. Oiladagi muhit va berilayotgan tarbiya bolaning dunyoqarashiga, fikrlash doirasiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Ota-ona bolaga befarq bo‘lishi, uni tinglamasligi, fikrini bayon etishga yo‘l qo‘ymasligi, bolaning savoliga javob bermasligi, uning yaxshi yoki yomon holatini kuzatmasligi, yutuqlarini rag‘batlantirmasligi natijasida bola odamlardan ajralib qolishi, do‘stlaridan tortinib, o‘zi yolg‘iz yurishni odat qilishiga olib kelishi mumkin. — Bolam o‘ta tortinchoq. Uni ko‘pincha yolg‘iz yurganini kuzataman, bayramlarda ham yodlagan she’rini aytib berishga qiynalishini ko‘rib xafa bo‘lib ketaman, deguvchi ota-onalar ham uchrab turadi Bunday holat, avvalo, tarbiya noto‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganidan kelib chiqadi. Bu vaziyatda ota-ona, avvalo, bola bilan dildan suhbat qurishi kerak, sekin-sekin u nimalardan tortinayotgani va buning sababi nima ekanini bilib olishi lozim. Undan keyin bolani ko‘proq odamlar orasiga qo‘shish, she’r yoki qo‘shiqlar yod oldirib, boshqalarga ham aytib berishga undash, o‘rtoqlarini uyga taklif qilib, bolasini ular bilan fikr almashishga o‘rgatish kerak. Bunday holatlarda ishni bolalarga baland ovozda kitob o‘qib berish, she’r yodlab berish bilan boshlash mumkin. Ko‘zguga qarab baland ovozda gapirish hayajonni yo‘qotishga yordam beradi. Boshqalardan o‘zining kuchli ekanini anglash, qilgan ishlari bilan g‘ururlanish hissini oshirish ham yaxshi samara beradi. Sababi, har bir insonning o‘ziga xos iste’dodi bor. O’sha imkoniyatni o‘zida ko‘ra olgan insongina bunday holatdan chiqib ketishi mumkin. Atrofdagi go‘zallikni boshqalar bilan so‘z orqali baham ko‘rish, yaqinlariga tez-tez yaxshi gaplar aytish bu yo‘ldagi samarali usullardan biridir. Tortinchoqlikni bartaraf etishning eng samarali usuli oldinga aniq maqsad qo‘yib, shu maqsadi tomon dadil harakat qilishdir. Download 26.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling