O’zbekiston milliy universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti sotsiologiya yo’nalishi 4
Download 368.88 Kb. Pdf ko'rish
|
Презентация (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- IJTIMOIY PSIXOLOGIYANING METODLARI. ASOSIY METODLARNING QISQACHA TAVSIFI.
- IJTIMOIY PSIXOLOGIYANING ASOSIY METODLARI
O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI SOTSIOLOGIYA YO’NALISHI 4- KURS SIRTQI TA’LIM TALABASI XAMIDOVA FARANGIZNING IJTIMOIY PSIXOLOGIYA FANIDAN MUSTAQIL ISHI MAVZU: IJTIMOIY PSIXOLOGIYANING METODLARI Reja 1.Ijtimoiy psixologiyada kuzatuv metodi 2. Hujjatlar bilan ishlash metodi 3. Hujjatlar bilan ishlash metodida kontent-analiz IJTIMOIY PSIXOLOGIYANING METODLARI. ASOSIY METODLARNING QISQACHA TAVSIFI. Ijtimoiy psixologiyada qo’llaniladigan metodlarning o’zga psixologiya yo’nalishlaridan farqi. SHaxsni guruh sharoitida va guruhlararo munosabatlar tizimida o’rganish ijtimoiy psixologiyaning asosiy maqsadi ekanligi. Ijtimoiy psixolgiyada kuzatuv: ichki va tashqi kuzatuv , faoliyat bilan qo’shilgan xolda kuzatuv ; ijtimoiy psixologik eksperiment , kontent-analiz , proektiv metodikalrning o’ziga xosligi. Ijtimoiy psixologiyada anketa metodining o’rni. “Sotsiometriya” metodining ijtimoiy psixologiyadagi o’rni. Ijtimoiy psixologik treninglar to’g`risida tushuncha. IJTIMOIY PSIXOLOGIYANING ASOSIY METODLARI • Ijtimoiy psixologiyada qo’llanilgan metodlar psixologiyaning boshqa tarmoqlarida ishlatiladigan metodlari nomi bilan hamda maqsadlarga ko’ra fark qilmasada, ijtimoiy psixologik tadqiqotdagi uslublar o’ziga xos xususiyatlarga hamda ko’rinishlarga ega. Bu o’ziga xoslik avvalo tadqiqot kamrab oladigan ijtimoiy kontekstdan, uning xilma-xil ko’rinishlarida shaxs va guruhlar psixologiyasidan kelib chiqadi. Metodologik muammolarda aytib utilganidek, ijtimoiy psixologik tadqiqotda nimani o’rganish qancha vaqt mobaynida o’rganish kabi muhim muammolar hal etilgandan keyingina tekshirish vositasi va uslublari aniqlanadi. • Masalan, umumiy psixologiyada kuzatish metodini oladigan bo’lsak, u Ijtimoiy psixologiyada o’ziga xos ijtimoiy sharoitlarida o’ziga xos vaziyatlarda va ma’lum guruhlarda ishlatiladi. Bunda tadqiqotchi eng avvalo nimani kuzataman, qanday Yo’l bilan kuzataman, kuzatuv birligi qilib nimani olaman, kuzatuvni qancha vaqt mobaynida davom ettiraman degan qator savollarga javob topgandan keyingina ilmiy tadqiqotini boshlaydi. • Kuzatuvchining tadqiqot mobaynida tutgan mavqeiga ko’ra kuzatish har xil bo`ladi. Masalan, ba’zi hollarda kuzatuvchi kuzatish obekti bo’lmish odamlar guruhi bilan birga yashab, ularga qo’shilib ish tutib , tabiiy sharoitlarda malumot to’playdi. Bunday kuzatish turi "birgalikdagi kuzatuv" deb ataladi. Bunday kuzatishning klassik misoliga amerikalik ijtimoiy psixolog U. Uaytning usmirlar psixologiyasi, ular guruhidagi ijtimoiy psixologik xodisalarni o’rganishga qaratilgan mashxur tadqiqotini kiritish mumkin. Rus tadqiqotchilaridan Alimaskin ham tarbiyasi ogir usmirlar xulq-atvorining ijtimoiy motivlarini o’rganish maqsadida ular bilan uzoq vaqt mobaynida bo`lib, ma’lumot tuplagan. U kuzatishlari okibatida 92 % tarbiyasi ogir bolalarning o`z sinfida va oilasida yaqin kishilari bo’lmaganligini aniqlagan. HUJJATLARNI O’RGANISH METODI • Xujjatlarni o’rganish metodi sotsiologiya fanidan kirib kelgan. Bu metodning qator afzalliklari bor. Ulardan muhimlari shundan iboratki, u faoliyatning maxsulini tekshirishga imkon beradi hamda to’plangan ma’lumotlarning ishonchliligi, matematik qayta ishlash imkoniyatining borligi bilan ajralib turadi. Xujjat deganda ogzaki (suzlangan nutk matnlari, suhbatlarning yozib olgan qismlari, bevosita muloqot) yoki yozma (rasmiy xujjatlar, gazetalar , jurnallardagi maqolalar, xatlar siesiy yoki badiiy adabiet materiallari) holda tavsiya etilgan ma’lumotlar nazarda tutiladi. Ana shu materiallarni ma’naviy jixatdan ham sifat, ham mikdoriy analiz qilinish usuli Ijtimoiy psixologiyada kontent - analiz deb ataladi. • Yaxshi o’tkazilgan kontent-analiz aslida ijtimoiy psixologik tadqiqotlarda juda katta ahamiyatga ega. Lekin olingan malumotlarning ishonchliligini shu borada ilgari ishlagan shaxslar-ekspertlar bahosi, ayni shu faktni tekshirish uchun boshqa metodlarni ham qo’llash va malumotlarni solishtirish va ayni obekt va ayni vaziyatda qayta analiz qilish Yo’llari bilan erishildi. Tuplagan mikdoriy malumotlar Yaxshigina matematik qayta ishlovdan o’tkazilmogi lozim. Kontent-analiz tadqiqotchidan kattagina o`quvni talab qiladi, chunki bir tomondan, u yoki bu matnni tushunish maxorati bo`lishi kerak, ikkinchi tomondan, tadkikod sungida qo’lga kirilgan mikdoriy birliklarni yana qayta sifat formasiga keltirish lozim, yani tushuntirib berish kerak. • Document Outline
Download 368.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling