Kislorodli parchalanish. Aerob organizmlarda glikolizdan so‘ng Kislorodli parchalanish. Aerob organizmlarda glikolizdan so‘ng energetik almashinuvning oxirgi bosqichi – kislorodli parchalanish sodir bo‘ladi. Bunda glikoliz jarayonida hosil bo‘lgan moddalar metabolizmning oxirgi mahsulotlari (CO2 va H2O)gacha parchalanadi. Bunda 2 molekula sut kislotadan 3molekula ATF, 42 molekula H2O va 6 molekula CO2 hosil bo‘ladi. 2C3H6O3+6O2+36ADF+36H3PO4=6CO2+42H2O+36ATF Kislorodli bosqichda 2 molekula sut kislotasining to‘liq parchalanishi natijasida 2600 kJ energiya ajralib chiqadi. Shundan 1440 kJ energiya ATFning fosfat bog‘lariga bog‘lanadi. Qolgan 1160 kJ energiya issiqlik sifatida tarqalib ketadi. Hujayradagi energetik almashinuv reaksiyalarining yig‘indisi quyidagicha: C6H12O6+6O2+38ADF+38H3PO4=6CO2+44H2O+38ATF Demak, 180 g glukozaning to‘liq oksidlanishi natijasida ajraladigan 2800 kJ energiyaning 1520 kJ hujayrada ATF shaklida to’planadi Metabolizmning eng yuqori boshqarilishi – bu asab boshqarilishidir. Oziqlanish va modda almashinuvining muvofiqlashuvi jarayonlariga asab tizimining ta’siri alohida ahamiyatga ega bo’lib, bu narsa asab tizimining trofik funksiyasini belgilaydi. Asab tizimining trofik funksiyasi haqidagi ta’limotni I.P.Pavlov rivojlantirgan. Uning asosini miokarddagi modda almashinuviga ta’sir qilib turadi. Shunday asablar aniqlanganki, ular yurak mushagini qisqarishini kuchaytiradi yoki susaytiradi.Modda alashinuvi o’zgarishlari shartli refleks ekanligi bosh miya po’stlog’ining olib tashlangan dan keyin almashinuvining muhim o’zgarishlaridan biri bo’lgan emosional holatlar qon o’zgarishi va qonda shakar miqdorining oshishida isbotlanadi.Asab tizimining uchlariga modda almashinuvi mahsulotlari ta’sir etishi va gumoral yo’l bilan asab markazlariga yoki endokrin bezlariga yetkaziladi gan modda almashinuvining boshqariluvida muhim ahamiyatga ega ya’ni modda almashinuv mahsulotlarining ta’siri qayta aloqa vazifasini amalga oshirishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |