O’zbekiston Milliy Universiteti Jizzax filiali amaliy matematika fakulteti biotexnologiya kafedrasi biotexnologiya yo’nalishi 50/21-guruh talabasi Sherboyeva Nilufarning biokimyo va molekulyar biologiya fanidan tayyorlagan mustaqil ishi

Download 1.35 Mb.
bet4/6
Sana03.04.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1322141
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Nilufar slayd

Moddalar parchalanganda asosan issiqlik, mexanik va qisman elektr energiyasi kabi kinetik energiya turlariga aylanadi. Oraliq almashinuv jarayonlarida bitta umumiy modda hosil bo'ladi, shuning uchun buni moddalar almashinuvining «umumiy qozoni» ham deyiladi .Misol uchun, pirouzum kislotasini olishimiz mumkin. Bu oqsil, yog' va karbonsuvlarning oxirgi umumiy mahsuloti hisoblanadi. Oraliq almashinuv jarayonlarida tananing, asosiy qismini tashkil etadigan va muayyan turga xos oqsil, yog'lar, karbonsuvlar va ularning komplekslari-nukleoproteidlar, fosfolipidlar va boshqalar sintez bo'ladi. Bundan tashqari, bu moddalar tananing asosiy energetik manbai ham hisoblanadi.

Kislorodsiz bosqich (glikoliz)da tayyorgarlik bosqichida hosil bo‘lgan kichik molekulali organik moddalar, masalan glukoza kislorod ishtirokisiz fermentlar ta’sirida parchalanadi. Glikoliz –glukozaning ko‘p bosqichli kislorodsiz parchalanishidir. Glikoliz natijasida bir molekula glukozadan 2 molekula sut kislotasi (C3H6O3), 2 molekula ATF hosil bo‘ladi, hamda 2 molekula suv ajralib chiqadi. Bir molekula glukozaning kislorodsiz parchalanishi natijasida jami 200 kJ energiya ajraladi. Bu energiyaning 40%i ATFning fosfat bog‘lariga to‘planadi. Qolgan 60% energiya esa issiqlik sifatida tarqalib ketadi.

C6H12O6+ 2H3PO4 + 2ADF = 2C3H6O3 +2ATF + 2H2O

Anaerob parchalanish jarayoni o‘simlik, hayvon, zamburug‘, bakteriya hujayralarida sodir bo‘ladi. Odam kuchli jismoniy mehnat qilishi natijasida muskul to‘qimalarida kislorod yetishmay qoladi va glukozadan ko‘p miqdorda sut kislotasi hosil bo‘ladi. Natijada muskullarda charchash holatlari yuz beradi.

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling