O’zbekiston Milliy Universiteti Jizzax filiali amaliy matematika fakulteti biotexnologiya kafedrasi biotexnologiya yo’nalishi 50/21-guruh talabasi Sherboyeva Nilufarning biokimyo va molekulyar biologiya fanidan tayyorlagan mustaqil ishi


Download 1.35 Mb.
bet2/6
Sana03.04.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1322141
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Nilufar slayd

Dissimilyatsiya jarayonida tirik organizmlarda moddalarning parchalanishi ro’y beradi. Bu assimilyatsiyaning teskarisidir. Yuqori molekulali birikmalarning parchalanishi energiya ajralishi bilan boradi. Shuning uchun dissimilyatsiya jarayoni hujayraning energiya almashinuvi deb ham yuritiladi.

Odam organizmida assimilyasiya va dissimilyasiya jarayonlari bir-biriga bog’liq holda davom etadi. Sog’lom bo’lgan katta odamlarda bu ikkala jarayon bir-biriga teng muvozanatda bo’ladi.

Metabolizm – bu organizmda yuzaga chiqadigan va uning hayotiy jarayonlarini amalga oshiradigan fizikaviy va kimyoviy jarayonlarning yig’indisidir. Metabolizm jarayonida hujayra va to’qimalarning faoliyati, o’sishi va rivojlanishi uchun zarur bo’lgan energiya hosil bo’ladi. Bu esa fiziologik tuzilmalar, hujayralar, ularning funksiyasini bajarish uchun zarur bo’lgan energiya ehtiyojini qondiradi.

Metabolizm – bu organizmda yuzaga chiqadigan va uning hayotiy jarayonlarini amalga oshiradigan fizikaviy va kimyoviy jarayonlarning yig’indisidir. Metabolizm jarayonida hujayra va to’qimalarning faoliyati, o’sishi va rivojlanishi uchun zarur bo’lgan energiya hosil bo’ladi. Bu esa fiziologik tuzilmalar, hujayralar, ularning funksiyasini bajarish uchun zarur bo’lgan energiya ehtiyojini qondiradi.


Moddalar almashinuvini 3 bosqichga bo'lish maqsadga muvofiqdir:
1. Tananing hazm yo'llarida oziq moddalarning o'zlashtirilishi.
2.Oraliq almashinuv.
3.Oxirgi mahsulotlar metabolizmi.
Birinchi bosqich me'da-ichak yo'lida oziq moddalarning tartib bilan kichik molekulyar moddalarga kimyoviy yo'l bilan parchalanishi va hosil bo'lgan oddiy kimyoviy moddalarning qon va limfaga so'rilishi. Oqsil, yog' va karbonsuvlarning parchalanishi o'ziga xos fermentlar ta'sirida boradi. Oqsillar peptidaza fermenti yordamida aminokislotalargacha, yog'lar lipaza yordamida glitserin va yog' kislotalargacha, murakkab karbonsuvlar amilaza yordamida monosaxaridlargacha parchalanadi.

Birinchi bosqichning ahamiyati shundan iboratki, oziq moddalarning oddiy moddalargacha aylanib, keyinchalik bu organizmning energiya manbai bo'lib xizmat qiladi. Bunday moddalarga aminokislotalar (20 turi), geksozalardan - glukoza, fruktoza, galaktoza, pentozalar, glitserin va yog' kislotalari kiradi. Ular qon va limfa suyuqligigacha oson so'rilib, qon bilan jigar to'qimalariga va tananing periferiyadagi to'qimalariga tashiladi va u yerda navbatdagi o'zgarishlarga uchraydi.


Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling