Traduktiv xulosa chiqarish – (lot. traductio – joy almashtirish) xulosa chiqarishning bir turi bo‘lib, unda xulosa asoslari va xulosa bir xil umumiylikka ega bo‘ladi. Mas. Akmal Saidning akasi.
Said Nosirning akasi.
Akmal Nosirning akasi.
Tranzitivlik munosabatidan xulosa chiqarish. Tranzitivlik munosabati – (lot. transitus - o‘tish) munosabatlarning shunday xususiyatiki, unga ko‘ra o‘zaro munosabatda bo‘lgan buyum va hodisalardan birinchisining ikkinchisi bilan, ikkinchisining esa uchinchisi bilan munosabatlarini qiyoslash mumkin bo‘lsa, unda birinchisi bilan uchinchisining munosabatini ham qiyoslash mumkin. Mas. a=c tenglik munosabati tranzitiv deyilishiga sabab, a=b va b=c bo‘lgani uchun. “Kattalik (kichiklik)” munosabati ham tranzitivdir:
a > b, b> c bo‘lgani uchun a > c bo‘ladi. Xuddi shu kabi: a < b, b < c, demak, a < c.
Tengsizlik munosabati notranzitivdir. Chunki a va b o‘zaro teng bo‘lmasa, shuningdek b va s o‘zaro teng bo‘lmasa, a unda s ga teng emas deb tasdiqlab bo‘lmaydi. Xuddi shuningdek, tanish bo‘lish munosabati ham notranzitivdir. Chunki, A. agar B.ni taniydi, B. esa S.ni taniydi desak, bundan A. ham S. ni tanishi kelib chiqmaydi. Tranzitivlik aksiomasi quyidagicha yoziladi: (aRb bRc) → aRc.
Do'stlaringiz bilan baham: |