O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva mantiq tarixi va nazariyasi falsafa yo‘nalishi talabalari uchun Darslik Toshkent
Abbosiylar sulolasi davrida mantiqqa oid tadqiqotlar
Download 1.78 Mb.
|
MANTIQ TARIXI VA NAZARIYASI DARSLIK (LOTINCHA)6
Abbosiylar sulolasi davrida mantiqqa oid tadqiqotlar
Faylasuf olim M.Qodirovning ta’kidlashicha, xalifa al-Ma’mun (mulohazaronlik yillari 813-833) yunonlar ta’limotini qo‘llab-quvvatlagan va yunon falsafasiga alohida rag‘bat ko‘rsatdi. U mashhur tarjimon Hunayn ibn Is’hoqqa tarjima qilgan kitoblari og‘irligida oltin bilan haq to‘lagan155. Xalifa Ma’mun (813-833y) davrida ilmiy va tarjimonlik faoliyati, ayniqsa, gullab-yashnadi. Al-Ma’mun yunon falsafsini tarjima qilish va targ‘ib etish uchun ko‘plab mablag‘ sarfladi. U Bog‘dodda suriyalik xristianlardan yunon fani va falsafasini tarjima qilish uchun alohida tarjimonlar jamoasini ta’sis etdi. Xalifa al-Ma’mun topshirig‘iga muvofiq Jundashopur o‘quv yurtiga monand Bayt al-Hikma tashkil etildi. Ma’mun tomonidan tashkil etilgan Bayt al-hikma (Donishmandlik uyi) o‘ziga xos ilmiy-tekshirish instituti bo‘lib, yunon fani va falsafasiga doir hujjatlarni tarjima qilishga ixtisoslashgan edi. Birinchi bo‘lib bu muassasaga nasroniy olim Yah’yo (yoki Yuhanno) ibn Masovay (790-857) rahbarlik qildi, u asosan, tabobatga doir asarlarni tarjima qilgan. Undan so‘ng tarjimonlar maktabiga usta tarjimon Hunayn ibn Is’xoq (810-877) boshchilik qilgan. Bu maktabda, asosan, grek tilidagi asarlar suriya tiliga tarjima qilingan bo‘lsa ham, Hunayn ibn Is’xoq davrida arab tiliga qilinadigan tarjimalar soni ko‘paygan156. Hunayn ibn Is’xoq va uning oʻg‘li Is’xoq ibn Hunayn(910-911) nafaqat yaxshi tabib bo‘lishgan, falsafani, shuningdek, arab, fors, suriya, grek tillarini ham yaxshi bilishgan. Is’xoq ibn Hunayn Evklid, Gippokrat, Arximed, Galen asarlarini tarjima qilgan. U Aristotelning “Kategoriyalar”, “Nikomax axloqi”, “Metafizika”, “Jon haqida”, “Paydo bo‘lish va yemirilish haqida” asarlarini, Aflotunning “Qonunlar”, “Sofist”, “Timey” asarlarini tarjima qilgan. Shuningdek, u Porfiriy Tirskiy, Aleksandr Afrodiziyskiy va Amoniy Sakkasning ba’zi sharhlarini ham tarjima qilgan. Bu davrda falsafa, tibbiyot, tabiatshunoslikka oid adabiyotlardan tashqari diniy kitoblar – Injil, Tavrot va mazdakizmga oid adabiyotlar ham tarjima qilingan. Hind va fors tillaridan ham tarjimalar mavjud bo‘lgan. Tarjimonlarning ko‘pchiligini nasorolar tashkil etgan edi. Tarjimonlar Aristotel asarlarini yaxshiroq tushunish uchun, uning sharhlovchilari bo‘lgan Teofrast, Ammoniy, Aleksandr Afrodiziyskiy va Galenning asarlarini ham tarjima qilganlar. Shunga qaramasdan, Aristotelning asarlari arablarga buzilgan ko‘rinishda, unga yot bo‘lgan elementlar bilan qo‘shilgan holda kirib keldi. Ma’rifatli doiralar diqqat markazida Arastu falsafasi turar edi. Biroq uni musulmon dunyosida o‘zlashtirish, uning asarlari bilan tanishish keyingi davr arastuchilari va yangi aflotuncha sharhchilar vositasida amalga oshirilgan edi. Aleksandr Afrodiziy, Femistiy, Porfiriy va boshqalarning sharhlari shular jumlasidandir. Tarjima qilingan ba’zi asarlar o‘zining asl muallifi nomi bilan emas, boshqa muallif nomi bilan tarqalgan bo‘lib, ulardan biri Plotinning “Enneadlar” asarining bir necha boblaridan iborat bo‘lgan, “Arastu ilohiyoti” deb atalgan asar edi. Ushbu asar o‘sha davrda nihoyatda mashhur bo‘lgan va undagi g‘oyalar ko‘pchilikning e’tiborini o‘ziga tortgan. Shunday qilib, yangi aflotunchilik (neoplatonizm) g‘oyalari Arastu ta’limoti sifatida musulmon Sharqida qabul qilingan. Bu ta’limot tarafdorlari Sharq peripatetiklari (arastuchilari) deb nom olgan. Axloq va metafizikaga oid asarlarga nisbatan, mantiqga oid asarlarning tarjimasi asl nusxaga yaqinligi bilan ajralib turgan. Tarjima asarlari yaratilishining uchinchi davri X asrning yarmiga to‘g‘ri keladi. Bu vaqtga kelib, qadimgi yunon mutafakkirlarining asarlari, umuman olganda, tarjima qilib bo‘lingan, tarjimonlik faoliyati susaygan edi. Barcha tarjima asarlar yunon tilidagi originaldan emas, balki Hunayn ibn Is’xoq maktabi tomonidan suriya tiliga qilingan tarjimalardan arab tiliga o‘giriladi. Bu davr Yahyo ibn Adi (947-y v.e) nomi bilan bog‘liq bo‘lib, u Iroqning Takrit shahrida, xristianlar oilasida 893 yili tavallud topgan. U Bag‘dodda tibbiyot, ilohiyotshunoslik, falsafa fanlarini o‘rgangan. U grek mutafakkirlaridan Aristotelning “Kategoriya”, “Metafizika”, “Poetika” asarlarini, Platonning “Sofist”, “Timey”, “Qonunlar”ini va boshqa ko‘plab asarlarni arab tiliga tarjima qilgan157. Ba’zi tadqiqotchilar uni Forobiyning shogirdi, deb hisoblaydilar. Qanday bo‘lishidan qat’i nazar, u Forobiyning zamondoshi bo‘lgan va ular o‘zaro aloqada bo‘lganlari shubhasizdir. Xuddi shu davrlarda olimlardan Abu Bishr Matta ibn Yunus (870-940y.y.) va Iso ibn Zurra (942-1008y.y.)ning nomlari mashhur bo‘lgan. Ular Aristotelning qator asarlarini tarjima qilishgan va o‘zlari ham asarlar yozgan. Abu Bashr Matta Forobiyning ijodiga katta ta’sir ko‘rsatgan158. Xuddi shu davrning tarjimonlari G‘arb falsafasining keyingi rivojida katta rol o‘ynadilar, chunki ular qilgan tarjimalarning kattagina qismi Ispaniyaga olib ketilib, avval kastil tiliga, so‘ng lotin tiliga tarjima qilingan. X asr yangi davrni – arab-musulmon falsafasining shakllanish davrini boshlab berdi. Aristotel asarlarining arabcha tarjimalarini sharhlash va qayta ishlash boshlandi. Tabiiyki, bu davrda yashagan mutaffakirlar tabiiy fanlarni o‘rganishni tark etmadilar. Al-Kindiy, al-Forobiy va Ibn Sinolar ham faylasuf, ham tabiatshunos bo‘lganlar. Bu davrga kelib aristotelizm falsafiy fikrda mulohazaronlik qildi. Shunday qilib, X asrga kelib arab xalifaligi mamlakatlarida tarjima asarlarining keng tarqalganligi kuzatiladi. Xususan, XIII asrda yashagan biograf va bibliograf al-Kiftining ma’lumotiga ko‘ra, Aristotelning birgina asari bir necha marta tarjima qilinganligi va turli faylasuflar tomonidan har xil sharhlanganligi ko‘rsatib o‘tiladi.
Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling