O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva mantiq tarixi va nazariyasi falsafa yo‘nalishi talabalari uchun Darslik Toshkent
Nasiriddin Tusiyning tushuncha haqidagi ta’limoti
Download 1.78 Mb.
|
MANTIQ TARIXI VA NAZARIYASI DARSLIK (LOTINCHA)6
Nasiriddin Tusiyning tushuncha haqidagi ta’limotida so‘zning belgi sifatida belgilagan mazmuniga va tushunchaga munosabati tahlil qilinadi.Uning ta’limotiga ko‘ra, so‘z o‘rnatilgan belgi sifatida tabiiy belgilardan farq qiladi. So‘z biron-bir belgini ifodalovchi sifatida uch turga bo‘linadi:
Kelishilgan belgi (“inson” gapiruvchi hayvon ma’nosida) Mazmunni qamrab oluvchi belgi (“inson” kimnidir bildirish ma’nosida, devor uy bilan bog‘liq holda) Zaruriy belgi (kishnash otning zaruriy belgisi, devor tom bilan bog‘liq holda) Bulardan birinchisi o‘rnatilgan, qolgan ikkitasida esa aql ishtirok etadi. Nasiriddin Tusiy so‘zning til belgisi sifatida murakkabligini ta’kidlagan holda, ba’zan bir so‘z bir necha ma’noni, bir nechta so‘z bir ma’noni anglatadi deb yozadi. U omonim va sinonim so‘zlarning ma’nosiga e’tibor berish kerak deydi. U bir o‘zakdan yasalgan so‘zlarni, ko‘chma ma’noda qo‘llaniladigan so‘zlarni tahlil qiladi. Har qanday so‘z bir yoki bir necha ma’noni va ma’no orqali voqelikni ifodalayd. So‘zlar oddiy yoki murakkab bo‘ladi. Oddiy so‘z deb qismlari mustaqil ma’noni anglatmaydigan so‘zlarga aytiladi. Qismlari mustaqil ma’noni anglatadigan so‘zlar murakkab bo‘ladi. Masalan: inson - oddiy so‘z, bu inson - murakkab so‘z. Oddiy so‘zlar yo nom, yo fe’l, yo qo‘shimcha bo‘ladi. Nom yo buyumlarning mohiyatini (inson), yoki ayrim sifatini (nutq), yo har ikkisini (notiq), yo yig‘ma vaqtni (avvalgi) belgilashi mumkin. So‘zlar asosiy (ish) va yasama (ishchi)turlarga bo‘linadi. Fe’l ko‘p tillarda yasama so‘z (ish-ishla) hisoblanadi. Nom ham, fe’l ham ijobiy va salbiy bo‘ladi (aql-aqlsiz, keldi-kelmadi). Qo‘shma so‘zlar turli sinflarga bo‘linadi va suhbat qilishda qo‘llaniladi. Qo‘shma so‘z, asosan, 2 sinfga bo‘linadi: sharhlovchi mulohaza va qat’iy mulohaza. Demak, Nasiriddin Tusiy qo‘shma so‘z deganda, mulohazalarni nazarda tutadi. Voqelikdagi bitta yoki alohida buyumni ifodalagan tushuncha (Zayd) yakka tushuncha deyiladi. Voqelikdagi ko‘plab buyumlarni yoki alohida buyumni ifodalagan tushuncha umumiy tushuncha (daraxt, Quyosh)deyiladi. Bundan tashqari, tushuncha boshqa ma’noda ham juz’iy bo‘lishi (inson-xayvon) mumkin. Nasiriddin Tusiyning ta’kidlashicha tushunchaning mantiqiy funksiyasi ma’lum tushuncha orqali boshqa tushunchani aniqlashdir. Tushunchalar o‘rtasidagi munosabatlarni aniqlashda biri subyekt, boshqasi predikat deb nomlanadi. Bir tushuncha ko‘plab mulohazalarning tarkibiga kirishi mumkin. Predikatni ifodalovchi tushuncha subyektni ifodalovchi tushunchaga nisbatan umumiyroq bo‘ladi. Ikki juz’iy tushuncha bir-biriga predikat bo‘lolmaydi (Zayd Amrdir). “Umumiy” so‘zini Nasiriddin Tusiy 3 ma’noda qo‘llaydi: mantiqiy, tabiiy va aqldagi. Umumiy tushuncha predikat sifatida subyektga nisbatan 3 ma’noda qo‘llaniladi: 1. subyektning mohiyatini ifodalovchi tushuncha sifatida(Zayd insondir). 2. subyektning mohiyatiga kiruvchi tushuncha sifatida (Qora rangdir); 3. subyektning mohiyatiga kirmaydi va uni ifodalamaydi (Bu kulayotgan qora (negr)dir). Predikat sifatida subyektning mohiyatini ifodalovchi umumiy tushuncha substansional umumiylik deb, subyektning mohiyatidan tashqarida bo‘lgani aksidental umumiylik deb ataladi. Lekin bir umumiy tushunchaning o‘zi bir munosabatda substansional, boshqasida aksidental umumiy bo‘lishi mumkin. Masalan: “kuluvchi” insonga nisbatan aksidental, kulayotganga nisbatan substansional umumiy bo‘ladi. Umumiy tushuncha 5 turga bo‘linadi: jins, tur, farqlovchi (umumiylik), maxsus va aksidental umumiy. Umumiy tushunchaning jins va turga bo‘linishi nisbiydir. Aytish mumkinki, Tusiy tushunchalarni mulohazalarning va u orqali xulosaning tarkibiy qismi sifatida tahlil qilgan. Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling