O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva mantiq tarixi va nazariyasi falsafa yo‘nalishi talabalari uchun Darslik Toshkent
Faxriddin Roziy xulosa chiqarish haqida
Download 1.78 Mb.
|
MANTIQ TARIXI VA NAZARIYASI DARSLIK (LOTINCHA)6
- Bu sahifa navigatsiya:
- Faxriddin Roziy boshlang‘ich bilimlar haqida.
Faxriddin Roziy xulosa chiqarish haqida. Mutafakkir ta’limotida xulosa chiqarish mantiq fanining asosiy tadqiqot obyekti sifatida talqin qilinada va batafsil ko‘rib chiqiladi. U ham xulosa chiqarishga Forobiy va Ibn Sinolar kabi ta’rif berib, bir necha mulohazalardan boshqa bir mulohazaning zaruriy kelib chiqishi xulosadir deb ta’kidlaydi. Xulosa asoslarining chin va ishonchli bo‘lishi va mantiqiy qonun, qoidalarga amal qilish xulosaning ham chin, ishonchli bo‘lishini ta’kidlaydi.
Faxriddin Roziy vositali xulosa chiqarishni tahlil qilgan. U vositali xulosa chiqarishni birlashtiruvchi va istisno qiluvchi guruhlarga ajratadi. Xulosa asoslarida xulosa va unga zid keluvchi holat bo‘lmasa, birlashtiruvchi xulosa chiqarish deyiladi. Xulosa asoslarida xulosa va unga zid keluvchi holat bo‘lganda, istisno qiluvchi xulosa chiqarish deyiladi. Birlashtiruvchi xulosa chiqarish olti turga bo‘linadi:
Faqat qat’iy mulohazalardan tashkil topgan xulosa chiqarish (sillogizmning figuralari asosida xulosa chiqarish). Faqat shartli mulohazalardan tashkil topgan xulosa chiqarish (sof shartli xulosa chiqarish). Faqat ayiruvchi mulohazalardan tashkil topgan xulosa chiqarish (sof ayiruvchi xulosa chiqarish). Qat’iy va shartli mulohazalardan tashkil topgan xulosa chiqarish (shartli-qat’iy xulosa chiqarish). Qat’iy va ayiruvchi mulohazalardan tashkil topgan xulosa chiqarish (ayiruvchi qat’iy xulosa chiqarish). Shartli va ayiruvchi mulohazalardan tashkil topgan xulosa chiqarish (lemmatik xulosa chiqarish). Faxriddin Roziy xulosa chiqarishning birinchi turida sillogizmning to‘rt figurasini tahlil qiladi. U sillogizmni bir terminning boshqa terminga taalluqli yoki taalluqli emasligi ularning uchinchi terminga munosabati orqali aniqlanuvchi xulosa shakli deb ta’riflaydi. U sillogizm figuralarining moduslarini ifodalashda simvolikadan foydalanadi. Unda katta termin S, kichik termin A, o‘rta termin V harflari orqali ifodalangan. Faxriddin Roziy sillogizm figuralarining maxsus va umumiy qoidalarini, moduslarini ta’riflaydi. Sillogizm asoslari bo‘lgan mulohazalarning tabiati (zaruriy, imkoniy, noimkoniy bo‘lishi) xulosaning tabiatini belgilaydi, deb ko‘rsatadi. Zaruriy asoslardan kelib chiqqan xulosa, zaruriy, ya’ni isbotlangan bo‘ladi. U xulosa chiqarishning ikkinchi guruhiga induktiv xulosa chiqarishni va analogiya’ni kiritadi. Bular istisno qiluvchi xulosa chiqarishning ko‘rinishlari bo‘lib, undagi xulosa asoslarida xulosa va unga zid keluvchi holat mavjud bo‘ladi. Faxriddin Roziy boshlang‘ich bilimlar haqida. Faxriddin Roziy xulosa asoslari sifatida qo‘llaniladigan bilimlarning 5 turini ta’riflab bergan: Dastlabki prinsiplar-aksiomalar. Kuzatish natijalari. Og‘zaki bilimlar. Tasdiqlangan faktlar. Faraz. Aytish mumkinki, mutafakkirning boshlang‘ich bilimlar to‘g‘risidagi qarashlari Farobiy qarsahlariga o‘xshashdir. Faxriddin Roziy ratsionalist bo‘lgan, hissiy bilishga nisbatan aqliy bilishni ustun qo‘ygan. Shu sababdan uning xulosa chiqarish nazariyasi deduktiv xarakterga egadir. Faxriddin Roziyning ratsionalizm xurfikrlikning o‘ziga xos namoyon bo‘lishi ekanligini e’tiborga olgan holda uning mantiqiy ta’limoti o‘z davrida izchil va to‘liq bo‘lganligini e’tirof etish zarur. Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling