I. Aylantirish (lot. – obversio) shunday mantiqiy usulki, unda berilgan mulohazaning miqdorini saqlagan holda, sifatini o‘zgartirish bilan yangi mulohaza hosil qilinadi. Bu usul bilan xulosa chiqarilganda qo‘sh inkor sodir bo‘ladi, ya’ni avval asosning predikati, keyin bog‘lovchisi inkor etiladi. Buni quyidagi ko‘rinishda yozish mumkin:
S-P xulosa asosi S - Pdir
ù (S-ù P) xulosa S – P mas (siz) emas
Inkor qilish jarayonida -ma; -siz; -mas kabi qo‘shimchalar yoki inkor qilinayotgan tushunchaga zid bo‘lgan tushunchalardan foydalaniladi. Oddiy qat’iy mulohazalarning hammasidan aylantirish usuli bilan xulosa chiqariladi. Xulosa asosi bo‘lgan mulohaza xulosada quyidagicha ifodalanadi:
Aylantirish usuli bilan xulosa chiqarilganda “biror nimaning qo‘sh inkori uning tasdig‘i bilan tengdir” degan qoida amal qiladi.
Masalan:
1. A. Hamma ilmiy qonunlar obyektiv xarakterga ega.
E. Hech bir ilmiy qonun subyektiv xarakterga ega emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |