III. Shartli – ayiruvchi – lemmatik (taxminlab) xulosa chiqarish deb, asoslardan biri ikki yoki undan ortiq shartli mulohazalardan, ikkinchisi esa ayiruvchi mulohazadan iborat bo‘lgan sillogizmga aytiladi. Ayiruvchi asosdagi a’zolarning soniga ko‘ra, bunday xulosalar dilemma (ayiruvchi asos ikki a’zodan iborat bo‘lgan), trilemma (ayiruvchi asos uch a’zodan iborat bo‘lgan) va polilemma (ayiruvchi asos to‘rt va undan ortiq a’zodan iborat bo‘lgan) deb ataladi.
Dilemma oddiy yoki murakkab bo‘ladi. Oddiy dilemmaning shartli asosidagi mulohazalar yo shartiga, yo natijasiga ko‘ra o‘xshash bo‘ladi. Murakkab dilemmaning shartli asosidagi mulohazalar ham shartiga, ham natijasiga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Dilemmalar konstruktiv (tuzuvchi) yoki destruktiv (buzuvchi) turlarga bo‘linadi. Demak, dilemmalar to‘rt xil bo‘ladi: 1. Oddiy konstruktiv dilemma. 2. Oddiy destruktiv dilemma. 3. Murakkab konstruktiv dilemma. 4. Murakkab destruktiv dilemma.
Ularning formulasi quyidagi jadvalda keltirilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |