Dilemmaning turi
|
Formulasi
|
Oddiy konstruktiv dilemma
|
а→c, b→c
a Ú b
с
|
Oddiy destruktiv dilemma
|
а→b, a→c
ù b Úù c
ù а
|
Murakkab dilemma
|
Murakkab konstruktiv dilemma
|
а→b, c→d
a Ú c
b Ú d
|
Murakkab destruktiv dilemma
|
а→b c→d
ù b Úù d
ù a Ú ù c
|
Misollar:
Oddiy konstruktiv dilemma
Agar yoshlar ilm o‘rgansalar, hayotda o‘z o‘rinlarini topadilar.
Agar yoshlar hunar o‘rgansalar, hayotda o‘z o‘rinlarini topadilar.
Yoshlar yo ilm, yo hunar o‘rganadilar.
Demak, ular hayotda o‘z o‘rinlarini topadilar.
Oddiy destruktiv dilemma
Agar talaba chet tilini yaxshi bilsa, konkursda ishtirok etadi.
Agar talaba chet tilini yaxshi bilsa, chet elga o‘qishga boradi.
Talaba konkursda ishtirok etmadi yoki chet elga o‘qishga bormadi.
Demak, talaba chet tilini yaxshi bilmaydi.
Murakkab konstruktiv dilemma
Agar inson yaxshi amallarni bajarsa, uni yaxshi nom bilan eslashadi.
Agar inson yomon amallarni bajarsa, uni yomon nom bilan eslashadi.
Inson yo yaxshi, yo yomon amallarni bajarishi mumkin.
Demak, uni yo yaxshi, yo yomon nom bilan eslashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |