Xulosa chiqarish shakli
|
Formulasi
|
sof ayiruvchi xulosa chiqarish
|
S - a Ú b Ú c
а - d Ú f
S - d Ú f Ú b Ú c
|
tasdiqlab-inkor etuvchi ayiruvchi-qat’iy xulosa chiqarish
modus ponendo tollens
|
р Ú q
р
q
|
inkor etib tasdiqlovchi ayiruvchi-qat’iy xulosa chiqarish
modus tollendo ponens
|
р Ú q
р
q
|
Ayiruvchi sillogizmda to‘g‘ri xulosa chiqarish uchun quyidagi qoidalarga amal qilish zarur:
Ayiruvchi mulohaza tarkibidagi oddiy mulohazalar bir-birini inkor qilishi, hajmiga ko‘ra, kesishmasligi shart, aks holda xulosa xato bo‘ladi.
Masalan: Kitoblar qiziqarli yoki fantastik bo‘ladi.
Bu kitob qiziqarli.
Bu kitob fantastik emas.
Kitob ham qiziqarli, ham fantastik bo‘lishi mumkin. Bunda ayiruvchi mulohaza tarkibidagi oddiy mulohazalar bir-birini inkor etmaydi va hajmiga ko‘ra, kesishadi. Shuning uchun xulosa xato.
Ayiruvchi mulohazada bir-birini inkor etuvchi muqobillar to‘liq ko‘rsatilgan bo‘lishi shart.
Burchaklar o‘tkir yoki o‘tmas burchakli bo‘ladi.
Bu burchak o‘tkir burchakli emas.
Bu burchak o‘tmas burchaklidir.
Xulosaning xato bo‘lishiga sabab, ayiruvchi mulohazadagi muqobillar to‘liq ko‘rsatilmagan, ya’ni to‘g‘ri burchakning mavjudligi e’tibordan chetda qolgan.
Ayiruvchi sillogizmlardan ko‘proq bir necha yyechimga ega bo‘lgan masalalarni yyechishda, ya’ni muqobil holatlardan birini to‘g‘ri tanlab olishda foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |