Shartli-qat’iy xulosa chiqarish deb, katta asosi shartli mulohaza, kichik asosi oddiy qat’iy mulohaza bo‘lgan sillogizmga aytiladi. Bunday xulosa chiqarishning ikkita to‘g‘ri (aniq xulosa beradigan) modusi mavjud:
Тасдиқловчи модус – modus ponens
|
Инкор этувчи модус – modus tollens
|
р → q
р
q
|
р → q
q
p
|
Masalan:
Agar fuqarolar jamiyat qonunlariga amal qilsalar, unda ular erkin bo‘ladi.
Fuqarolar jamiyat qonunlariga amal qiladilar.
Demak, ular erkin bo‘ladilar.
Agar me’yor buzilsa, unda miqdor o‘zgarishlari sifat o‘zgarishlariga olib keladi.
Miqdor o‘zgarishlari sifat o‘zgarishlariga olib kelmadi. Demak, me’yor buzilmagan.
Shartli – qat’iy sillogizmning xulosasi aniq, chin bo‘lishi uchun quyidagi holatlarga e’tibor berish zarur:
1. Shartli mulohazadagi asosning chinligidan natijaning chinligi, natijaning xatoligidan asosning xatoligi mantiqan kelib chiqadi. 2. Shartli mulohazadagi natijaning chinligi asosning chinligini, asosning xatoligi esa natijaning ham xatoligini isbotlamaydi.
Bu qoidalar buzilganda shartli-qat’iy sillogizmning formulasi quyidagicha bo‘ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |