O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva mantiq tarixi va nazariyasi falsafa yo‘nalishi talabalari uchun Darslik Toshkent
Download 1.78 Mb.
|
MANTIQ TARIXI VA NAZARIYASI DARSLIK (LOTINCHA)6
Gipotetik-deduktiv nazariyalar tabiatshunoslikda uchraydi. U turli xil mantiqiy kuchga ega gipotezalar tizimidan iborat bo‘lib, unda mantiqan kuchlilaridan mantiqan kuchsizroqlari deduksiya qilinadi. Gipotetik-deduktiv tizimni gipotezalar zanjiri (ierarxiyasi) tarzida olib qarash mumkin. Bunda empirik asosdan uzoqlashgan sari gipotezaning kuchi ortib boradi, chunki har bir keltirib chiqarilgan gipoteza o‘zidan avvalgi gipotezalarda mavjud bo‘lgan bilimlarni sintez qilish natijasi sifatida gavdalanadi.
Gipotetik-deduktiv nazariyalarning o‘ziga xos jihatlaridan biri undagi gipotezalarning darajalari bo‘yicha qat’iy izchil joylashishidir. Gipotezaning darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, xulosalarni mantiqiy yo‘l bilan keltirib chiqarishda uning ishtiroki shunchalik ko‘p bo‘ladi. Bu masala bo‘yicha M.Koen va E.Nagellar bildirishgan fikrlar e’tiborlidir. Xususan, ular ikki gipotezadan birining oddiyligiga ko‘ra afzal bo‘lgani bilan bog‘liq javobni tahlil qilishga urinadilar. Misol sifatida ular Quyosh, Oy va sayyoralarning “ko‘rinma harakati”ni tasvirlab, Kopernikning geliotsentrik nazariyasini taklif qilish mumkinligini aytishadi. Ptolemeyning geotsentrik nazariyasi ham aynan shu maqsadda shakllantirilgani ma’lum. Har ikki nazariya samoviy jismlar harakati haqidagi ma’lumotlarni beradi. Biroq, XVI asrda, ularning hech biri birgina Veneraning fazasiga oid tushuntirishlardan bo‘lak, boshqa aytarli bashoratlar bera olmagan. Ko‘plab amaliy hodisalar uchun mazkur ikki nazariya matematik ekvivalentlikda edi. Bundan tashqari, Ptolomey nazariyasining o‘ziga xos afzalligi bor edi – u hissiy dalillardan yiroqlashmasdi: odamlar Quyoshning Sharqdan chiqib, G‘arbda botishini “ko‘rardi”lar. “Teran fikr” nuqtai nazaridan geliotsentrik tizim g‘oyatda murakkab tushuntirish edi. Shunga qaramasdan, Kopernik va uning ko‘plab zamondoshlari geliotsentrik nazariya’ning Ptolomeyning qadimiy nazariy tizimidan ko‘ra “oddiy”, deb topishdi hamda uni afzal ko‘rishdi. Bu “soddalik”ning mohiyati nimadan iborat edi? Bu savolga javob berish uchun, “oddiylik” atamasini tahlil qilib, uning mohiyatini anglash zarur. “Oddiy” atamasini ko‘p hollarda “tanish” atamasi bilan tez-tez adashtirishadi. Fizika va matematikadan yetarli tayyorgarliklari bo‘lmagan odamlarga geotsentrik nazariya geliotsentrik nazariyadan oson va qulayroq ko‘rinadi. Chunki, ular o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib hosil qiladigan tasavvurlargagina asoslanadilar. Yerning tekisligi nazariyasi, uning dumaloq ekanligi to‘g‘risidagi nazariyasidan ko‘ra osonroqdir. Bu borada, ilmiy-nazariy tayyorgarligi bo‘lmagan odamlarga, Uer sharining ikkinchi tarafida odamlarning oyoqda emas, balki kallada yurishlari va qulab tushmasliklarini tasavvur qilish biroz qiyinchilik tug‘diradi. Biroq, shu tarzda tushuniladigan “oddiylik”, ikki raqobatdosh muqobil gipotezadan to‘g‘risini tanlay olishga hissa qo‘sha olmaydi. Biri uchun oson bo‘lgani, boshqasi uchun oson bo‘ladi, degani emas. Soddalikni bu tarzda tushunish, A.Eynshteynning nisbiylik nazariyasi Nyutonning fizikasidan ko‘ra oddiy, deb da’vo qilish bilan baravar va u bema’nilik bo‘lardi. Ba’zan birinchi gipoteza ikkinchi bir gipotezadan soddaroq bo‘ladi va bu shuning uchunki, birinchisidagi mustaqil turdagi elementlarning soni ikkinchisinikidan kamroq bo‘ladi. Aytish mumkinki, planimetriya geometriyadan ko‘ra oddiyroq. Planimetriyada ikki o‘lchamli o‘lchov bo‘lsa, geometriyada mazkur o‘lchov uch o‘lchamlidir. Bu borada, fizika nazariyalari biologiya nazariyalaridan ko‘ra soddaroq. O‘z navbatida, biologik nazariyalar ham ijtimoiy fanlar nazariyalaridan osondir. Ko‘pincha, bu ma’noda, insoniy xulq-atvor nazariyasi, masalan, jinsiy istak yoki o‘z-o‘zini saqlashdan biri tanlansa, u bir qancha impulslardan ko‘ra oddiyroq hisoblanadi. Biroq, buni yolg‘on sifatida ham qabul qilish mumkin. Chunki, inson xulq-atvoridagi turfa turlarning hammasini, avvalo, o‘rganib chiqish kerak. Shuning uchun ham, bir gipotezaning boshqa gipoteza-taxminlarga nisbatan soddaligini, ushbu gipotezaning barcha xususiyatlarini yaxshi o‘rganmay turib, ularni bir tartibga keltirmasdan turib, ajratish mumkin emas. Biz, shu tarzda, “oddiylik” atamasi uchun yana bir ma’no-ishora topish zaruratiga duch kelamiz. Har ikki gipoteza ko‘rib chiqilayotgan sohani tartibga solishi mumkin. Biroq, bir munosabatlar nazariyasida turli faktlar o‘rtasidagi taxminlar tizimli ravishda belgilanadi. Ikkinchi nazariyada tizimlilik faqatgina maxsus taxminlar asosida shakllantiriladi hamda unda tizimli tarzda bog‘lanmagan ad hoc qo‘llaniladi. Shu tariqa, birinchi nazariya ikkinchi nazariyadan ko‘ra soddaroq bo‘ladi. Ushbu ma’nodagi gipotezaning oddiyligi, tizimning soddaligini bildiradi. Bu ma’nodagi oddiy gipotezaga umumiy xususiyat xos bo‘ladi. Shunday qilib, bir nazariya oddiy yoki ko‘proq umumiy hisoblanadi hamda ikkinchisidan farqli o‘laroq, o‘rganayotgan aloqalarini alohida misollarda, munosabatlarda namoyish etish imkoniga ega bo‘ladi. Geliotsentrik nazariya, ayniqsa, uning Nyuton tomonidan ishlab chiqilgan yillardagi shaklida, tizimli ravishda Ptolemey nazariyasidan oddiyroq ko‘rinishga ega. Geliotsentrik tizimda asosiy g‘oyalar atamalarida biz, kun va tun almashishi, yil fasllarining almashinishi, Quyosh va Oy tutilishi, Oyning turli yo‘nalishlardagi harakati va ichki sayyoralar, giroskopning harakati, Yer kurrasining yassiligi va boshqa hodisalarni ta’riflashimiz mumkin. Ptolemey nazariyasi asosida qurilgan astronomiya ham mazkur barcha hodisalarni tushuntiradi. Biroq, ularning ba’zilarini tushuntirishda maxsus oqlashlar kiritadi, bular esa, tizimli ravishda ushbu munosabat turi bilan bog‘liq emas. Oliy darajadagi ilmiy tadqiqotlar tizimli soddalikni aniqlashga qaratilgan. Agarda, biz buni yodda tutmasak, unda fanda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar bizga tasodifdek tuyuladi. Zero, nazariyadagi o‘zgarishlar yagona maqsadga qaratilgan: umumiy nazariya’ni topish va bu orqali, avvallari ikki nazariya bilan aniqlangan narsalarni tushunishga yo‘naltirilgan. Shuning uchun, bizga oddiy bir nazariya’ni tanlash kerak, deb aytilsa, unda o‘sha nazariya orqali oddiy va tizimli nazariya’ni tushunish osonroq bo‘ladi. Bizda hali ilmiy tadqiqotning eng yuqori darajasida qiyinchiliklarni yyechish uchun qoniqarli gipoteza topishning oson emasligini tushunish imkoniyati bo‘ladi. Har qanday gipotezaning ham bu vazifa yechimini topishi oson emas. Qidirilayotgan tushuntirish allaqachon boshqa sohalarda qo‘llanilayotgan nazariyalarda ishlatilgan bo‘lishi kerak. Bu nazariyalar esa, boshqa sohalarda qo‘llaniladi. Ushbu nazariya’ning oqilonaligi aniq-ravshandir. Uni amalga oshirish orqali biz faktlarning keng sohasiga bir qadam yaqinlashamiz. Shu ma’noda, Eynshteynning umumiy nisbiylik nazariyasi Nyutonning gravitatsiya nazariyasidan ko‘ra oddiy bo‘lsa-da. Nyuton nazariyasidan farqli o‘laroq, Eynshteynning nazariyasida kuchlar ad hoc tamoyiliga mos emas. Qayd etish joizki, ilmiy tadqiqotning yuqori darajasida ikki nazariya’ning tizimli darajasini ajratish qiyin. Shredingerning to‘lqinlar nazariyasi Geyzenbergning atom nazariyasiga nisbatan oddiy holda emasmi? Bunday hollarda, ikki nazariyadan birini tanlashda, biz ularning soni o‘lchanmaydigan estetik elementiga taya’ni shimiz kerak. Biroq, bunday ikki juda o‘xshash nazariya o‘rtasidagi tanlovda, tasodifiy element borligiga qaramay, bu elementning ahamiyatlilik darajasi cheklangan. Tanlangan nazariya’ning ham biz yuqorida ta’riflagan formal shart-sharoitlar bilan muvofiqligi tekshirilishi zarur109. Nazariya’ning gipotetik-deduktiv modeli empirik materiallarni ishlashda ko‘p qulayliklarga ega bo‘lishi bilan bir qatorda, ayrim kamchiliklardan ham xoli emas. Xususan, boshlang‘ich gipotezalar qanday tanlab olinishi kerak, degan savolga haligacha aniq, qat’iy holdagi javob yo‘q. Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling