O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva mantiq tarixi va nazariyasi falsafa yo‘nalishi talabalari uchun Darslik Toshkent


Kategoriyalar va mantiqiy ergashish haqidagi ta’limoti. Toplar


Download 1.78 Mb.
bet183/260
Sana10.12.2021
Hajmi1.78 Mb.
#179746
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   260
Bog'liq
MANTIQ TARIXI VA NAZARIYASI DARSLIK (LOTINCHA)6

Kategoriyalar va mantiqiy ergashish haqidagi ta’limoti. Toplar

Aristotel tushunchalarni mulohazaning tarkibiy qismlari sifatida tahlil qiladi. U ham ustozi Platon kabi umumiy va yakka tushunchalarning munosabatiga e’tibor beradi. Uning ta’kidlashicha, yakka tushunchalar umumiy tushunchalarga nisbatan mazmunan boy bo‘ladi va umumiylik yakka buyumlarning asosini tashkil etadi. Aristotel eng umumiy tushunchalarni kategoriya deb ataydi va uni quyidagicha tasniflaydi133:

1. Mohiyat (substansiya) - odam, ot

2. Miqdor - ikki, besh

3. Sifat - oq, qizil

4. Munosabat - kattaroq

5. O‘rin - maydonda

6. Vaqt - kecha, bugun

7. Holat - o‘tiribdi

8. Egalik - qurollangan

9. Harakat - kesadi

10. Azoblanish - kuyish.

Uning ta’kidlashicha, subyektlarning subyekti, ya’ni predikat bo‘lolmaydigan subyektlar – birinchi substansiyadir, predikatlarning predikati, ya’ni oxirgi predikat – kategoriyadir.

Aristotelda kategoriya ham ontologik, ham grammatik, ham mantiqiy jihatlarga ega. Aristotel “tushuncha bu biror jins yoki turga mansub barcha predikatlarga xos umumiylik bo‘lib, predikatning mohiyatini ifodalaydi”, – degan edi.




Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling