Aristotel mantiq ilmining va deduktiv ziddiyatsiz, aksiomatik qurilgan mantiqiy sistemaning asoschisi.
Aristotelning Organoni. Organonning tuzilishi
Mantiq ilmining alohida fan sifatida shakllanishi Aristotel (er. av. 384-322-yy.) ning nomi bilan bog‘liqdir. U birinchi bo‘lib, mantiq ilmi o‘rganadigan masalalar doirasini aniqlab berdi. Aristotelning “Kategoriyalar”, “Talqin haqida”, “Birinchi analitika”, “Ikkinchi analitika”, “Sofistik raddiyalar haqida” nomli asarlari bevosita mantiq masalalariga bag‘ishlangan132. Uning “Ritorika”, “Poetika” asarlari ham mantiqiy ta’limotining muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi. “Metafizika”, “Ruh haqida” asarlarida esa mantiq masalalari ma’lum darajada bayon qilingan. Aristotel o‘z ta’limotini “logika” (mantiq) emas, “analitika” deb atagan. Lekin biz uning ta’limotini bayon qilishda “mantiq” atamasini qo‘llaymiz. Aristotel mantiqni “ma’lum bilimlardan noma’lum bilimlarni aniqlovchi”, “chin fikrni xato fikrdan ajratuvchi” fan sifatida ta’riflaydi. Mantiqning vazifasi chin fikrni, haqiqatni aniqlashdir deb ta’kidlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |