O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva mantiq tarixi va nazariyasi falsafa yo‘nalishi talabalari uchun Darslik Toshkent


Mantiq bo‘yicha 900-milodiy yilgacha arab tilida yozilgan asarlar


Download 1.78 Mb.
bet190/260
Sana10.12.2021
Hajmi1.78 Mb.
#179746
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   260
Bog'liq
MANTIQ TARIXI VA NAZARIYASI DARSLIK (LOTINCHA)6

Mantiq bo‘yicha 900-milodiy yilgacha arab tilida yozilgan asarlar

Yunon mantig‘i arab tiliga Arastuning “Organon”iga kirgan birinchi kitoblar tarjimasi bilan 810-820-yillarda kirib keldi. Shu davrda mantiqning to‘rt kitobi mazmuniga bag‘ishlangan izohli to‘plam ham paydo bo‘ldi. Ushbu asarlarni mashhur “Kalila va Dimna” tarjimoni bo‘lgan Abu A’lo ibn Muqaffaning unchalik nomi chiqmagan o‘g‘li – Abdulla ibn al-Muqaffaga taalluqli, deyish mumkin.

Bayt al-hikmaning birinchi davri oxirida, ya’ni taxminan 835-840- yillarda mantiqqa doir yetti kitobdan oltitasining arabcha tarjimasi mavjud edi. Arastuning “Ritorika” (“Ilmi balog‘at”) asari ham arab tiliga tarjima qilingan edi. Porfiriyning “Isagoga” (“Isog‘uji”) asarining tarjimoni Ayyub ibn al-Qosim ar-Rakkiy edi. “Kategoriyalar” (“Ma’qulot”) ham shu davrda, ehtimol, Yah’yo (Yuhanno) ibn al-Bitrik tomonidan tarjima qilingan edi.

Teodor arab tiliga “Birinchi Analitika”ni tarjima qildi. Uning tarjimasi Hunayn ibn Is’hoq tomonidan tekshirilib, shu holatda umum tomonidan e’tirof etildi. “Topika”ning ham tarjimasi mavjud bo‘lib, uning tarjimoni Timoteus sifatida berilgan. Abdal Masih ibn Abdulla ibn Naim taxminan 830-yilda “Sofistika”ni qadimgi yunon tilidan arab tiliga tarjima qilgan. Uning tarjimasi keyinchalik (970) Abu Is’hoq ibn Ibrohim ibn Bakkus al-Ashariy tomonidan taqriz qilinib, tuzatilgan154.

Yuqorida aytilgan tarjimonlar ko‘pincha qadimgi suriya tilidan arabchaga so‘zma-so‘z tarjima qilar edilarki, bunday usulni Hunayn ibn Is’hoq haqli ravishda tanqid qilib, uni boshqacha, mazmunga e’tibor beradigan usul bilan almashtirdi.

Hunayn ibn Is’hoq yunon falsafiy matnlarini arab “Arg‘anuncha tarjimasini tubdan o‘zgartirdi. U quyidagi yangiliklarni kiritdi:



  1. yunon matnlarining tushunishga muvofiqlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri arabchaga tarjima qilish yoki ularning qadimgi suriya tiliga qilingan tarjimalarini solishtirilgandan keyin, ular yuzasidan yangi arabcha tarjimaga qo‘l urish;

  2. ishonchli matnga ega bo‘lish uchun turli qo‘lyozmalarni taqqoslab ko‘rish;

  3. so‘zma-so‘z emas, balki katta ifodalar mazmuniga ko‘ra, matnlarni tarjima qilish.

Bunday buyuk ishni bajarish (840-900) ikki avlod vakillariga nasib etdi.

Eng yaxshi yunoncha mantiqqa doir matnlar arablar tushunchasiga yetib kelganligi va buning natijasida yunon fani va falsafasiga qiziqish yoyilganligi tufayli Arastu mantig‘ining arab tilidagi ravnaqi boshlandi. Bunda sharhlar va mustaqil tadqiqotlar muhim o‘rin tutdi. Bunday ishlarni Abu Is’hoq al-Kindiy boshlab berdi.

Hunayn ham, uning o‘g‘li ham mantiq bo‘yicha mustaqil asarlar yaratmadilar. Bu jihatdan al-Kindiyning birinchi izdoshi Sobit ibn Qurra bo‘lib, u Bayt al-hikmada u bilan hamkasblik qilar edi. U arab tilida o‘sha vaqtda mavjud bo‘lgan mantiqqa doir barcha asarlarga sharhlar yozdi. Hunayn vafotigacha mantiq sohasida mashhur bo‘lgan arab mualliflaridan Al-Kindiyning shogirdi Ahmad ibn Muhammad ibn at-Tayub as-Seraxsiy va uning zamondoshi Habib ibn Bozrizni ko‘rsatish mumkin.

877-yili Hunayn vafot etib, arab tilidagi mantiq rivojining ikkinchi davrida burilish yuz berdi. Hunayn yunoncha asarlarning arab tilidagi yaxshi matnlarini tayyorlash bilan o‘zidan keyingi tadqiqotchilar uchun ajoyib zamin yaratdi. Uning ishini davom ettirgan mantiqshunoslarning soni 25 kishidan oshadi.




Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling