O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva mantiq tarixi va nazariyasi falsafa yo‘nalishi talabalari uchun Darslik Toshkent


Download 1.78 Mb.
bet187/260
Sana10.12.2021
Hajmi1.78 Mb.
#179746
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   260
Bog'liq
MANTIQ TARIXI VA NAZARIYASI DARSLIK (LOTINCHA)6

Megar va stoiklar falsafasi

Stoya maktabi vakillari birinchi bo‘lib, “logika” terminini fanni ifodalash uchun qo‘llashgan. Mantiqni falsafaning tarkibiy qismi deb bilishgan. Mantiqning maqsadi inson aqlini xatolardan asrash va haqiqatga erishishdir. Stoiklar mantig‘i ikki qismdan iborat bo‘lgan: dialektika va ritorika; dialektika, o‘z navbatida, grammatika va bilish nazariyasiga bo‘lingan. Stoiklar ham Aristotel kabi nozidlik qonunini to‘g‘ri tafakkur-lashning asosiy prinsipi deb bilganlar. Mulohaza masalasida ular qat’iy mulohaza-larni emas, shartli mulohazalarni ko‘proq tahlil qilganlar. Ular shartli mulohazani sabab va oqibat bog‘lanishlarini aks ettiruvchi tafakkur shakli deb bilganlar.

Stoiklar shartli sillogizmlarning modusini r va q o‘zgaruvchilari orqali quyidagi formulalar ko‘rinishida ifodalashgan (bunda r va q o‘zgaruvchilari murakkab mulohaza tarkibiga kiruvchi sodda mulohazalarni belgilash uchun, ù - esa, inkorni ifodalash uchun ishlatiladi):

Agar r bo‘lsa, unda q; lekin r; demak, q.

Formulasi: (r → q, r) → q.

Agar r bo‘lsa, unda q; lekin q emas; demak, r emas.

Formulasi: (r → q, ù q) →ù r.

Yo r yoki q; lekin r; demak, q emas.

Formulasi: (r → q, r) →ù q.

Yoki r yoki q; lekin q emas; demak, p.

Formulasi: (r → q, ù q) → r

r va q bir vaqtda bo‘lolmaydi; lekin r; demak, q emas.

Formulasi: ù (r^q)^r)→ù q.

Bu formulalar isbot talab qilmaydigan aksiomalar hisoblanadi.

Aytish mumkinki, stoiklar birinchi bo‘lib, mulohazalar mantig‘iga oid fikrlarni bayon qilganlar.

Epikur (er.av. 341-270) falsafada birinchi o‘ringa bilish nazariyasi va mantiqni qo‘ygan, 2-o‘rinda fizika, 3-o‘rinda axloq bo‘lgan. Tug‘ma g‘oyalar yo‘q, bilimlarimizning manbai – sezgilardir. Sezgilarimiz yolg‘on ma’lumot bermaydi, faqat xulosa chiqarishda xatoga yo‘l qo‘yish mumkin. U xulosa chiqarishda ko‘proq analogiya va intuitsiyaga ahamiyat bergan.

Skeptitsizm vakillari bilish jarayonining nisbiy xarakterini mutlaqlashtirganlar. Haqiqatni bilib bo‘lmaydi deganlar. Sezgilar va tasavvur o‘rtasidagi tafovutni bo‘rttirib ko‘rsatganlar. Ularning 10 ta so‘qmoq, ya’ni insonni haqiqatdan adashtiruvchi holatlar haqidagi qarashlari e’tiborga loyiq.

Shunday qilib, antik davrda mantiq ilmining shakllanishi va rivojlanishi bu ilmning bilimlar tizimidan mustahkam o‘rin egallashida muhim ahamiyatga kasb etdi.




Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling