O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva mantiq tarixi va nazariyasi falsafa yo‘nalishi talabalari uchun Darslik Toshkent


-BOB. O‘RTA ASRLARDA YAQIN VA O‘RTA ShARQ MAMLAKATLARIDA MANTIQ ILMINING FALSAFIY BILIMLAR TIZIMIDAGI O‘RNI


Download 1.78 Mb.
bet189/260
Sana10.12.2021
Hajmi1.78 Mb.
#179746
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   260
Bog'liq
MANTIQ TARIXI VA NAZARIYASI DARSLIK (LOTINCHA)6

20-BOB. O‘RTA ASRLARDA YAQIN VA O‘RTA ShARQ MAMLAKATLARIDA MANTIQ ILMINING FALSAFIY BILIMLAR TIZIMIDAGI O‘RNI

VII asrning 30-yillaridan boshlab arablar yagona din ostida birlashib, o‘z yarim orollaridan tashqariga islomni yoyish uchun yurish boshlaganlarida ular birinchi bo‘lib Suriya va Iroq hududlarida qo‘lga kiritgan narsalardan eng muhimi qadimgi Suriya tilida so‘zlashuvchi xristian aholisi edi. Ana shu hududlarda turli xristianlik mazhablari (avval nasoriylar va monofizitlar yoki yaqubiylar) o‘zlarida Iskandariyadagi qadimgi yunon ta’limotini mujassamlashtirgan edilar. Ularning qarashlarini rasmiy xristian cherkovining qudratli boshqa yo‘nalishlari bid’atda ayblar edilar. Ushbu aqliyatni tashkil etgan xristian mazhablari islom hokimiyatining homiyligidan bahramand bo‘lib, ular yashaydigan hududlar o‘z-o‘zini boshqaradigan islom vasiyligidagi jamoalar hisoblandi (xristianlar, yahudiylar, “sabiyonlar”).

Qadimgi xristian mazhablaridan tabiblar, riyozidonlar (matematiklar) va astronomlar yetishib chiqdi. Tabobat ilm-fan va ilohiyot orasida bog‘lovchilik maqomida turar edi. Negaki, qadimgi xristian ilohiyotchilari inson jismini ham, ruhini ham davolashga tayyorlanar edilar. Iskandariyada ijod qilgan buyuk olim Jolinus (Galen) tavsiyasiga ko‘ra, mantiq fani tabiblar tayyorlash o‘quv dasturining muhim qismi hisoblanar edi.

Nasoro o‘quv yurtlari o‘z o‘quv rejalarini ikki qismga bo‘lib, uch sohaning biridan jiddiy faoliyatga tayyorlaydigan oddiy dastur tuzgan edilar: astronomiya, tabobat (meditsina) va ilohiyot. Jundashopurdagi (Bag‘doddan sharqroqda 170 km masofada) o‘quv yurtida tabobat fakulteti (unga biriktirilgan kasalxona bilan birga) va rasadxonasi bilan birgalikda, astronomiya fakulteti mavjud edi. Riyoziyot bilan bir qatorda, mantiq o‘quv dasturidagi asosiy mavzu hisoblanib, turli fan sohalarini bir-biriga bog‘lashda muhim o‘rin tutar edi. Qadimgi Suriya faylasuflari mantiq, riyoziyot, fizika (ruhshunoslikni ham o‘z ichiga olar edi) va ilohiyot bo‘yicha zo‘r salohiyatga ega edilar. Shunday hollar uchrar ediki, monofizit ilohiyotchisi Severus Sebxoktga o‘xshab, ba’zida ayrim mualliflar ilohiyot sohasida bo‘lgani kabi mantiq va astronomiyada ham risolalar yozar edilar. Ana shunday har tomonlamalik natijasida Suriya va Iroqdagi suriyali xristianlar tomonidan Arastuning mantiqqa doir asarlari tarjima qilinib, o‘rganilar va tahlil qilinar edi. Ushbu Suriyali an’ana V-VI asrlarda Iskandariya an’anasini davom ettirdi.

Arastu mantig‘ining qadimgi Suriya tilidagi tarjimalari haqida ko‘plab ma’lumotlar mavjud. Ularning ko‘pchiligi saqlangan bo‘lib, ba’zilari nashr ham etilgan (jumladan, “Kategoriyalar”, “Talqinlar haqida” va “Birinchi Analitika”). Porfiriyning “Isogoga” (“Isag‘uji”) asari “Organon”ning boshida muqaddima sifatida joy olgan.

Mantiq tabiblar tayyorlashda asosiy o‘rin tutishda davom etdi va shu sababli IX-XII asrlar davomida arab tili joriy bo‘lgan mamlakatlarda mantiq fani taraqqiy etdi. Bunday tabobat-falsafiy an’anaga Abu Bakr Muhammad Zakariyo Roziy va Ibn Sinogina emas, hatto XII asrda Ispaniyada ijod qilgan Maymonid ham duchor bo‘lib, yigitlik chog‘ida tabobat mashg‘ulotlariga tayyorlanish jarayonida mantiq bo‘yicha ham o‘zining yagona asarini yaratdi.

Yunon mantig‘ini arablarga o‘tqazishda katta vositachilik xizmatini nasoro mazhabi ruhoniylari bajardilar. Ularning Jundashopurdagi o‘quv yurti yunon mantig‘i matnlarini arabchaga tarjima qiluvchilar birinchi avlodining beshigi bo‘ldi. Horun ar-Rashid va uning vaziri Ja’far ibn Barmakiyning tabibi bo‘lgan Jibril ibn Baktishu bu yerda tahsil olgan, keyinchalik ushbu o‘quv yurtining boshlig‘i va kasalxonaning boshqaruvchisi bo‘lgan edi. Uning o‘rindoshi bo‘lgan Abu Zakariyo Yah’yo (yoki Yuxanno) ibn Masovay Jibrilning taklifiga muvofiq Jundashopurdan Bag‘dodga saroy tabibi sifatida chaqirildi153.

Unga ko‘p kitoblar alohida tarjima qilish uchun topshirildi. Xalifa al-Ma’mun topshirig‘iga muvofiq u tarjima markazi bo‘lgan Bayt al-Hikmani, aftidan, Jundashopur o‘quv yurti namunasida tashkil etdi. Bu markazning boshlig‘i sifatida uning o‘rnini mashhur olim Hunayn ibn Is’hoq egalladi. U ham o‘sha an’analar ruhida tarbiya topgan edi. Bu muassasaning gullab-yashnagan davri ibn Masovay, ayniqsa, Xunayn va uning o‘rnini egallagan o‘g‘li Is’hoq rahbarligi vaqtiga to‘g‘ri keldiki, o‘shanda xodimlarning asosiy ko‘pchiligini nasorolar tashkil etar edi.

Monofizitlar (yaqubiylar) arab tilidagi mantiq taraqqiyotida kamroq o‘rin tutdilar, ammo ularning xizmati shundaki, ular ba’zi jihatlarni kiritdi­larki, ular nutqning ko‘tarinki ruhda bo‘lishini ta’minladilar. Nasorolar Ammonius sharhlarini afzal, deb bilsalar, yaqubiylar Filopon sharhlariga tayanar edilar. Nasorolar Iskandariya yangi aflotunchiligining aralash-quralash holatiga tayanganliklari tufayli bunday holat arablarga ham o‘tdi. Aflotunga qiziqish Abu Nasr Forobiy kabi olimlarda ko‘proq sezilar edi.


Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling