O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva mantiq tarixi va nazariyasi falsafa yo‘nalishi talabalari uchun Darslik Toshkent


Download 1.78 Mb.
bet198/260
Sana10.12.2021
Hajmi1.78 Mb.
#179746
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   260
Bog'liq
MANTIQ TARIXI VA NAZARIYASI DARSLIK (LOTINCHA)6

Forobiyning mantiqiy ta’limoti. Forobiy mantiqqa oid asarlarida mantiq ilmining predmeti, tuzilishi, ilmlar sistemasida tutgan o‘rni, o‘rganadigan muammolari va ahamiyati haqida fikr yuritadi.

Mantiqning predmeti va boshqa fanlar bilan aloqadorligi. Mutafakkirning ta’kidlashicha, “mantiq san’ati intellektning mukammallashuviga olib keluvchi va haqiqat tomon yo’naltiruvchi qonunlarning majmuasini o‘rganadi. Bu qonunlar insonlarni bilish jarayonidagi turli xato va adashishlardan saqlaydi. Inson bu qonunlar yordamida bilimlarini tekshirib, ularning chin yoki xatoligini aniqlash imkoniyatiga ega bo‘ladi”174.

Forobiyning mantiqiy ta’limoti gnoseologik ta’limoti bilan uzviy bog‘liqdir. Uningcha, fikrlar tabiatdagi narsa va hodisalarni sezgilar orqali bilish asosida vujudga keladi. U bilishda sezgilarning roliga juda katta o‘rin bergan. Fikr shakllari o‘rtasidagi aloqa, munosabatlar real munosabatlarni ifodalash jarayonida vujudga kelishini ta’kidlagan.

Mutafakkir mantiq ilmining til, grammatika falsafa bilan o‘zaro aloqadorligini ko‘rsatib o‘tdi. U “Falsafani o‘rganishdan avval nimalarni bilish kerak” nomli risolasida falsafiy argumentatsiya bilan ya’ni, falsafiy masalalarni asoslash, isbotlash usullarini bilib olish zarur deydi.

Forobiy, ayniqsa, Aristotelning “Analitika”sini o‘rganishning ahamiyatini alohidaa ta’kidlaydi. Bu kitoblarni o‘rganish chin isbot bilan xato isbotni bir-biridan farqlashga, mutlaqo xato bo‘lgan fikrni biroz xato bo‘lgan fikrdan ajratishga yordam beradi.

Forobiyning fikricha, sillogizm va isbotlash usuli eng to‘g‘ri, haqiqatga olib keluvchi usul bo‘lib, ilm-fan, falsafa shularga asoslanadi. Forobiy tafakkurning asosiy shakllari bo‘lgan tushuncha, mulohaza va ularning turlari, xulosa chiqarish, sillogizm va uning figuralari, moduslarini chuqur tahlil qilib, ular to‘g‘risida yaxlit, izchil ta’limot yaratadi.

U to‘g‘ri tafakkurlashning asosiy tamoyillari: aynanlik, mulohazalarning o‘zaro zid bo‘lmasligi, izchilligi har qanday xulosani yetarlicha asoslangan bo‘lishi kabi muhim mantiqiy masalalarni ham har tomonlama ishlab chiqdi.




Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling