O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva mantiq tarixi va nazariyasi falsafa yo‘nalishi talabalari uchun Darslik Toshkent


Forobiyning hayoti va ijodiy merosi


Download 1.78 Mb.
bet196/260
Sana10.12.2021
Hajmi1.78 Mb.
#179746
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   260
Bog'liq
MANTIQ TARIXI VA NAZARIYASI DARSLIK (LOTINCHA)6

Forobiyning hayoti va ijodiy merosi

Mantiq masalalarini keng va izchil tadqiq etgan mutafakkir Forobiydir. U Aris suvi Sirdaryoga quyiladigan yerdagi turkiy qabilalar yashaydigan Forob degan joyda tug‘ilgan, boshlang‘ich ma’lumotni o‘z yurtida olgan. Uning otasi harbiy bo‘lgan.

Forobiy asarlarining katta qismi falsafa va mantiq ilmiga oiddir. Ma’lumki, Aristotel asarlarining birinchi arab tarjimalari asl nusxa bilan aynan bo‘lmagan. Arab tilida ilmiy atamalarning ishlanmaganligi tarjimonlarning matnni tushunib, tarjima qilishlariga imkon bermasdi, natijada, tarjima qilingan asarni kitobxonning ham tushunishi qiyin bo‘lardi. Forobiyning Arastu asarlariga yozgan sharhlari uning ta’limotini to‘g‘ri tushunish imkoniyatini berdi. O‘sha davrda sharh (kommentariy) yozishning uch turi ma’lum edi:172


  1. Katta sharh – sharh yozilayotgan asarning har bir bobi va bo‘limlari bo‘yicha muallifning fikrlari alohida-alohida keltirilib, ularga batafsil tushuntirish beriladi.

  2. O‘rta sharh – sharh yozilayotgan asarning har bir bandidan birinchi jumlalar keltiriladi, qolganlari esa tushuntirib beriladi.

  3. Kichik sharh – parafraza yoki sharh yozilayotgan asarning taxlili. Bunda sharhlanayotgan asar sharhlovchining o‘z nomidan bayon qilinadi. Sharhlovchi asarni o‘zi xohlagancha tartibga solib, biror fikrni tushirib qoldirishi yoki o‘z fikrini qo‘shishi, boshqa asarlardan mazkur fikrni to‘ldiruvchi ma’lumotlarni keltirishi mumkin.

Kichik sharhlarda ko‘proq asarni sharhlayotgan muallifning g‘oyalari, qarashlari, fikri bayon qilingan. Bir asarga bir nechta mualliflarning murojaat qilib, sharh yozganliklari ma’lum. Buning sababi shuki, sharhlovchi tanlagan asarining tematikasiga rioya qilib, o‘z ta’limotini bayon qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan. Forobiy asarlarining katta qismi shunday parafrazalar ko‘rinishida yozilgan bo‘lib, bu usul O‘rta asr sharoitida ijodiy fikrni bayon qilishning hamda ilmiy munozara olib borishning o‘ziga xos va keng tarqalgan shakli bo‘lgan.

Forobiy qadimgi yunon, hind falsafasini chuqur o‘rganib, ilmning turli sohalariga oid 160 dan ziyod turli hajmdagi risolalar yozib qoldirgan, umrining so‘nggi yillarini Damashqda o‘tkazgan.




Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling