O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva mantiq tarixi va nazariyasi falsafa yo‘nalishi talabalari uchun Darslik Toshkent


Download 1.78 Mb.
bet239/260
Sana10.12.2021
Hajmi1.78 Mb.
#179746
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   260
Bog'liq
MANTIQ TARIXI VA NAZARIYASI DARSLIK (LOTINCHA)6

Takrorlash uchun savollar

1.Taftazoniy mantiqqa oid qanday asarlar yozgan?

2. Bilish jarayonini qanday tushuntirgan?

3. Xulosa chiqarishning qanday turlarini ko‘rsatgan?


Mirsharif Jurjoniyning mantiqiy qarashlari

O‘sha davrning atoqli allomasi Mir Cayyid Sharif Jurjoniy Astrobod shahri yaqinida tugilgan. Jurjoniiy Istambul, Koxira, Xirot, Sheroz shaharlarida bo‘lib, ulardagi olimdardan ilm sirlarini oʻrganadi. 1387 yildan boshlab Samarqand madrasalarida mantiq, falsafa, falakiyot, fiqx va adabiyotdan, munozara ilmi va boshqalardan dars beradi.


Jurjoniy 50dan ortiq risolalarning muallifi bo‘lib, ularning aksariyati mantiq, falsafa va tabiatshunoslikning muhim muammolariga bagishlangan. Olimning "At-ta’rifot" ("Ta’riflar"), "Odob ul-munozara" (" Munozara olib borish koidalari"),"Sugoro" (Kichik dalil boʻla oladigan
mulohaza), "Kubro" (Katta dalil boʻla oladigan mulohaza) va boshqa asarlari mavjud.222 Bulardan tashqari, Jurjoniy salaflarining, xususan, Ibn Sino, Chaminiy va Nasriddin Tusiylarning asarlariga sharhlar yozganligi ma’lum.
Mutafakkir risolalarida borliq, modda va uning shakllari, jisimoniy va ruhiy munosabatlar, mantiqiy fikrlash, til va tafakkurning o‘zaro aloqasi, koinot, inson, aql va bilish masalalari yoritiladi. Jurjoniy, xuddi Taftizoniy singari, hamma narsa va jismlar bir-biriga sabab-oqibat nisbatida boʻlad, deb hisoblaydi. Oddiy narsalar asosida toʻrt unsur, ya’ni suv, olov, havo va tuproq yotadi. Metall, oʻsimliklar va hayvonot dunyosi toʻrt unsurning korishishi natijasida paydo boʻladi. Mir Sayyid Sharif Jurjoniy mantiq ilmini falsafadan ajratmay, ayni bir vaqtda uning huquq va til bilan chambarchas bogliq ekanligini isbotlab beradi. Shuning uchun ham, XIV-XV asrdan boshlab, islom madrasalarida mantiq oʻqitish huquq va tilshunoslik fanlari bilan bogliq holda olib borildi. Jurjoniy xulosaning uch turi: qiyos (sillogizm), induksiya va analogiya’ni har qaysiga ta’rif beradi, ularning har birini tahlil qilib chiqadi. Umuman olganda, Taftazoniy va Jurjoniyning falsafiy va mantiqiy qarashlari ilm-fan rivojida katta hissa bo‘lib qoʻshildi va keyingi davrlarda yashagan mutaffakirlarning dunyoqarashiga samarali ta’sir koʻrsatdi. Mirsharif Jurjoniy (1340-1407) mantiq fanining asoschisi, buyuk yunon mutafakkiri Arastu va uning Sharqdagi izdoshlaridan Forobiy, Ibn Sino, Asiriddin Abhariy(1261-yilda vafot etgan), Nasiriddin Tusiylarning an’analarini davom ettirib, mantiq fanini rivojlantirishga o‘zining salmoqli hissasini qo‘shdi. Uning mantiqqa oid qarashlari bilish muammolari bilan tutashib ketgan. Jurjoniy asosiy e’tiborini inson ruhiyatini va ruhiy kuchini o‘rganishga qaratgan. U beshta tashqi sezgilar bilan birga, ichki sezgi turlari ham borligini ta’kidlaydi. Ichki sezgilar deganda, u umumiy tuyg‘ularni (“Hissi mushtarak”), o‘ylash (“Xiyal”) tasavvur qilish (“Vaxima”), eslash (“zakira”), xotira (“xafiza”) ni nazarda to‘tgan.

Jurjoniy bilishda sezgining ahamiyatiga katta e’tiborini qaratgan. Bu sohada u barcha zamondoshlari erishgan natijalarini umumlashtirib, batafsil ichki hissiyotlar mohiyatini tashqi sezgilardek ta’riflagan va ularni tasniflagan.

Jurjoniyning ta’kidlashicha, fikrlash jarayoni negizida dastlabki sezgi ma’lumotlari yotadi. Jurjoniyga ko‘ra, insonni boshqa mavjudotlardan farqlab turuvchi narsa –fikrlash va so‘zlashdir.

Agar Arastu sillogizmlar uchun mavhum fikrning ahamiyatini inkor etgan bo‘lsa, Jurjoniy mavhum fikrni alohida fikr sifatida e’tirof etadi.U o‘z izdoshlari singari fikrning uch turini: sillogizm, induksiya va o‘xshatish-analogiya’ni e’tirof etadi. Ayni vaqtda, u nazariy bilimlarga ega bo‘lishda sillogizmni fikrning asosiy turi, deb hisoblaydi.

Mir Sayyid Jurjoniy Asiriddin Axbariyning “Isog‘uchi” nomi bilan mashhur bo‘lgan mantiqqa oid risolasini sharhlaganida Forobiy singari, subyekt va predikat ma’nosiga ko‘ra, universal ham individual xarakterga bo‘ladi. U ifodalanishi jihatidan predikatni sodda va murakkabga, ya’ni bir so‘z bilan bayon etiluvchi hamda birdan ortiq so‘zlar bilan ifodalanuvchi turlarga bo‘ladi.

Bu davrda arab tiliga nisbatan fors tilida ko‘proq asarlar yozildi. Mohiyat jihatdan mantiq ilmining falsafa, tabobatdan ajralishi, uning huquq, til va ilohiyot sohasidagi tadqiqotlarda ishlatilish jarayoni ko‘paydi. Jurjoniy o‘z ijodida mantiqni falsafadan ajratmagan holda, uni ko‘proq huquq va til sohalarida qo‘llanilishini ta’minladi. Uning barakali ijodi tufayli shu davrdan boshlab, Islom madrasalarida mantiqni o‘qitish huquq va til fanlari bilan bog‘liq holda olib borildi.

Natijada, mantiq ilmiga har xil shaxslar tomonidan "begona ta’limot" degan g‘araz asta-sekin barham topa boshladi.

Jurjoniy fikricha, nazariy bilimlar hayotiy tajribada hosil qilingan boshlang‘ich bilimlardan fikrlash yo‘li bilan hosil qilinadi. Bunday fikrlash jarayonini u xulosa, deb ataydi. U xulosaning uch turini ko‘rsatib o‘tadi. Bular: qiyos (sillogizm); istiqro (induksiya-bo‘lakdan butunga tomon mulohaza yuritish);tamsil (analogiya-o‘xshatish).

Bulardan qiyos (sillogizm) xulosaning bosh turi hisoblanib, nazariy bilimlar hosil qilishning asosiy vositasidir. Jurjoniy qiyos deganda, ikki yoki bir necha mulohazalardan tarkib topgan xulosani tushunadiki, agar ularning mazmuni to‘g‘ri bo‘lsa, undan uchinchi mulohazaning ham to‘g‘riligi kelib chiqadi.

“Istiqro” (induksiya) tushunchasi ostida Jurjoniy shunday narsani nazarda tutadiki, unda dastlabki xususiy shartlar asosida umumiy natija chiqariladi. U ikki xil, ya’ni to‘la va to‘la bo‘lmagan induksiya’ni ko‘rsatib o‘tadi.

To‘la induksiyada har bir bo‘lakdagi biror-bir sifat mavjudligiga asoslanib, ana shunday sifat xususiyati umumiy butunlikda ham bor ekanligiga ishonch hosil qilinadi.

To‘la bo‘lmagan induksiya shunday xulosadirki, umumiy butun bo‘lgan narsaning ba’zi bir qismlarida mavjud bo‘lgan biror-bir xususiyatidan kelib chiqib, shunday xususiyat butunda ham mavjud ekanligiga ishonch hosil qilinadi.

Jurjoniyning fikricha, to‘la bo‘lmagan induksiya faqat taxminiy mulohazaga olib keladi. Uning ta’kidlashicha, induktiv yo‘l bilan hosil qilingan bilimlar hamma vaqt ham haqiqatga to‘g‘ri kelavermaydi. Chunki, inson tajribasi hech vaqt to‘la mukammallikni bermaydi.

Jurjoniyning induktiv va deduktiv xulosalar haqidagi fikri Arastu va uning Sharqdagi izdoshlari fikrini eslatadi. Ammo bu fikrga noyob xulosalar qo‘shilib, takomillashtirilgan.

Mantiqshunos tushunchalarni besh turga ajratadi. U jins, tur, farq qiluvchi belgi, xususiy belgi va oddiy belgilarni ko‘rsatish bilan kifoyalanmay, ularning qisqacha ta’rifini ham keltiradi. Masalan, u jins va turni predikat bo‘lib keluvchi tushunchalarning hajmiga ko‘ra ajratadi.

Jurjoniyning ilmiy faoliyati tufayli mantiq Temuriylar davrida inson bilimlarining barchasiga qo‘llaniladigan qoida va mezon qonuniga aylandi. Natijada, tez orada Ulug‘bek rasadxonasining ilmiy tadqiqotlarida keng qo‘llanildi.

Jurjoniyning falsafiy asarlari, ayniqsa, uning mantiqqa oid risolalari Markaziy Osiyo va Yeronda mantiq ilmining rivojiga qo‘shilgan muhim hissa bo‘ldi. So‘nggi asrlarda uning risolalari madrasalarda o‘rganildi va ularga sharhlar yozildi.


Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling